UzPoster
3 noyabr 2024

Ustozidan o‘zgan shogird

AQShdagi saylovlar arafasida Tramp haqidagi «Shogird» (The Apprentice) badiiy filmi namoyish etildi.

Filmda yosh biznesmen Jey Tramp Manxettenda uyma uy yurib ijarachilardan kira haqi undiradi. Ba'zan qashshoq Nyu Yorkliklar uni so‘kib haydab, bir paqir mag‘zava bilan siylashadi.

Uning mijozlari orasida kino yulduzlari, siyosatchilar va eng xavfli jinoyatchilar bor.

Tramp mashhur advokat va shantajchi Roy Kon ko‘magida butun Nyu-Yorkni nazorat qilishni rejalaydi.

Film qahramoni tilidan «Odamlar ikkiga bo‘linadi, zaiflar va ularni o‘ldiruvchilar» degan fikr aytiladi.

Uning sohibjamol Ivanko bilan nikoh shartnomasiga asoslangan turmush va boshqa pastkashliklari aks etadi…

Ustozi Roy tartibsiz gomoseksual jinsiy aloqalari oqibatida SPIDga chalinib o‘ladi.

Tramp esa AQShning eng yirik shaharlari bo‘ylab osmono‘par «Trump» minoralarini qurishga kirishadi.

Eron rejisseri Abbos Alining bu filmi dunyo bo‘ylab salkam 10$ million daromad qozondi.

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2024
Joriy yilning 7 dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekistonning shvetsiyadagi elchixonasi, madaniyat markazi ...
3 noyabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 2 noyabr kuni Namangan viloyat radiosining «Radiomaqola» dasturida Ozodlik radiosi xaqida gap bordi. deb xabar berdi ...
5 mart 2021
O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) rahbari o‘rinbosari, 36 yoshli Otabek Umarovning avariyada majaqlangan ikki oyog‘i 4 mart kuni ...
24 noyabr 2020
«Humo» nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda «Humo» degan uchoq shirkati bor ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...