Vaqt mashinasi
22 aprel 2020

22 aprel – Xalqaro Yer kuni

Bugun – Xalqaro Yer kuni. Amerikalik reper va komik Lil Diki «Yer» (Earth) deb nomlangan animatsion klipida 30 dan ziyod shou yulduzi, jumladan, Ariana Grande, Jastin Biber, Snup Dogg, Keti Perri, Kevin Hart, Backstreet Boys va boshqalar ishtirok etgan.

2019 yil Toshkent rasmiylari ko‘p yillik daraxtlarni yoppasiga kesish ortidan global ekologik zararli loyihaga ham qo‘l urdi. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasini imzoladi.

Ayni paytda o‘zbek hukumatining bu harakati jamoatchilik va ekologik harakat faollari qarshiligi fonida davom etmoqda.

Ekologik muammo bir millat, bir mintaqa va davlat miqyosidan chiqib, butun yer kurrasi bo‘ylab global ahamiyat kasb etayotgan ayni kunda xalqaro jamoatchilik e'tibori qaratilishi lozim bo‘lgan jiddiy muammodir.

Eng kamida Toshkent rasmiylari bugun jamiyat oldida o‘z qilayotgan ishlari sababini tushuntirish, agar bunga jiddiy asos bo‘lmasa, qonun oldida javob berishlari lozim.

Shu kun munosabat bilan Eltuz.com nashri o‘z mushtariylarini ushbu kunda Toshkentdagi ekologik harakat faollarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 mart 2018
BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini ...
9 dekabr 2019
Abduvali Qutbiddin 8 dekabr kuni 59 yoshida Toshkentda vafot etdi. Zamondoshlari nazdida u o‘zbekning dalli bir shoiri edi. Undan ...
14 iyul 2017
Oshkoralik va shaffoflikni o‘ziga shior qilib olgan O‘zbekiston hukumati bug‘doy o‘rim-yig‘imi mavsumida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalarida ...
14 mart 2024
Rassom Tuz
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...