UzPoster
20 iyun 2023

20 iyun – O‘zbekistonda Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun

Bu sanada O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni nishonlanishi kerak, chunki bundan 30 yil burun, 1990 yili respublika parlamenti Mustaqillik deklaratsiyasini e'lon qildi.

Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan sana dunyoning aksariyat mamlakatlarida, jumladan, Amerikada (1776 yil 4 iyul), Rossiyada (1990 yil 12 iyun) mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi, biroq o‘zbek xalqi uchun bu qoida istisno qilinadi.

O‘zbekistonda Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun bayram sifatida nishonlanmaydi. 30 yildirki, o‘zbek hukumati bu muhim sanani xalq xotirasidan o‘chirishga intilib keladi.

Hukumat nazdida mustaqillik O‘zbekistonga mazkur deklaratsiya qabul qilinganidan go‘yo bir yilu to‘rt oy o‘tib yetib kelganday…

Aslida esa o‘zbek hukumatining bu kunni eslamasligiga jiddiy sabablari bor.

Unutilgan kun

Karimov hukumati nazdida 1990 yilning 20 iyunida imzolangan O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasi “arzimas bir oddiy qog‘oz”dir. Ayni pisanda mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasi muhokama etilayotgan o‘sha kuni ham Karimov va Rossiya tarafdorlari tomonidan Oliy Kengash sessiyasida bir necha bor takrorlangan edi.

“Arzimas bir oddiy qog‘oz” kalimasini sovet O‘zbekistoni mulozimlaridan biri, hozir marhum Shukrilla Mirsaidov saslantirgan edi.

Biroq ayni «qog‘oz»ning imzolanmasligi xalqni yana ham jiddiyroq inqilobiy harakatlarga yetaklashini anglagan iqtidordagi hukumat o‘ta ehtiyotkor siyosat qo‘llay boshlaydi.

Aslida ham taxtini va ham baxtini kuydirishi mumkin bo‘lgan bu qog‘ozning imzolanishida ishtirok etmaslik uchun Karimov Andijon viloyatiga jo‘nab ketadi.

Deklaratsiya Oliy Kengash sessiyasidagi ozchilik – “Erk” demokratik partiyasi fraktsiyasi va 40 nafar faol deputat shijoati bilan bilan imzolandi.

Ayni shu ikki jihat – mamlakatda mustaqillikning e'lon qilinishida Islom Karimovning ishtirok etmagani va mustaqillik tashabbuskori muxolif partiya faollari bo‘lgani hukumatni 26 yildirki “unutish kuyini” chalishga majbur qilib keladi.

Mantiqsizlikka aylantirilgan mustaqillik

Boshqa tomondan, o‘zbek hukumatining milliy mustaqillik kuni sifatida 1991 yilning 1 sentyabrini belgilashida katta bir siyosiy mantiqsizlik bor.

Iqtidordagi hukumat mustaqillik kunining nishonlanishiga asos qilib O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan qarorni keltiradi.

Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan paytdan bir yilu to‘rt oy o‘tib qabul qilingan ayni hujjat – mamlakat mustaqilligini e'lon qilish to‘g‘risidagi bu qaror, bir tomondan, hukumatning uzoq vaqt taraddudlanganini ko‘rsatadi.

Boshqa tomondan esa bu davr allaqachon ortga eltuvchi ko‘priklar yondirilgan, Rossiyaning o‘zi mustamlakalaridan voz kecha boshlagan davr edi.

Bu taraddudni tezlatgan yana bir jiddiy sabab esa o‘sha yili Karimov hukumati qo‘llab-quvvatlagan 19 avgust putchining mag‘lubiyatga uchragani bilan ham izohlanadi.

Tish-tirnog‘i bilan milliy mustaqillikka qarshi turib kelgan Islom Karimov bu safar ayni qarorga imzo chekishdan parlamentdagi barcha deputatlardan ko‘ra ko‘proq manfaatdor bo‘lib qolgan edi.

Karimov tarafdorlari nazdida mamlakatning imperiya istibdodidan xolos bo‘lganini anglatishi lozim bo‘lgan 1991 yilda imzolangan bu hujjat negizida tag‘in bir jiddiy mantiqsizlik bor.

Chunki uning imzolanishidan bir yil avval Rossiyaning o‘zi o‘z mustamlakalaridan xolos bo‘lgan kun sifatida 1990 yilning 12 iyunini nishonlay boshlagan edi.

Ayni shu kuni Rossiya Federatsiyasi xalq deputatlarining ilk s'ezdi tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan va u RSFSR Oliy Kengashi raisi Boris Yeltsin tomonidan imzolangan edi.

Ehtimol ayni shu hujjat O‘zbekistondagi rossiyaparast hukumatni qurolsizlantirgan, oradan bir necha kun o‘tib, qattiq qarshiliklar ostida, buning ustiga, Karimovning ishtirokisiz mamlakat parlamenti Mustaqillik deklaratsiyasini imzolanishiga erishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 may 2015
Ishdan bo‘shatilgan Lenta.ru axborot saytining bosh muharriri Galina Timchenko o‘z kasbini pitstsa tarqatuvchining ishi bilan qiyosladi. Agar pitstsada murch ...
8 mart 2020
Rassom Dumham Eltuz.com
5 aprel 2018
O‘zining uch yashar o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirib, daraxtlar ostiga tashlab ketgan andijonlik Saidaxon Tillavoldieva 3 aprel kuni Toshkentda hibsga olindi. ...
6 sentyabr 2016
Dunyodan o‘tgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov xotirasiga butun mamlakat bo‘ylab osh tarqatish buyurilgan. Imomlar va mahalla faollari boshchiligidagi osh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...