Sas
18 avgust 2017

«Kechirmas kech kechikkanlarni…»

Abduvohid Hayit – 1967 yilda Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan.Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Hozir Kanadada yashaydi.

Kech

Vakt kech bo‘ldi, ko‘zlaringni yum,
Tort ko‘zingga darpardalarni.
Chumchuqchalar uxladilar jim,
Uyqu oldi darrandalarni.

Bo‘sag‘amga kirib keldi kech,
Qaro libos kiydi dalalar.
Kanday keldi, qaydan keldi kech,
Sezishmasdan qoldi bolalar.

Yulduz boqar uzoq-uzoqdan,
Xorg‘in turar bekatlar, uylar.
Bunda qo‘shiq intiho haqda,
Bunda kuylar hijronni kuylar.

Kuyuqlashib bormoqda kecha,
Yo‘laklarda tun farroshi – qiyr.
Kechikkanlar bunda bir necha,
Adashganlar zulmatga asir.

Adashmoqqa mahkum etar kech,
Kech suymas hech kechikkanlarni.
Kechikmasdan kelar doim kech,
Kechirmas kech kechikkanlarni.

Kech daf'atan kelmoqda bosib,
Mitti uyda jon saqlar ziyo.
Men kaftimni ko‘ksimga bosib,
Kech ishiga turdim mahliyo.

Kech dilimni etdi kishanband,
Vujudimni ayladi pech-pech.
Tegramda tun, ilgimda kamand,
Vaqt kech bo‘ldi, endi bari kech.

Abduvohid Hayit
«Ozodlik ohanglari»
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2017
Andijonga safari payti «Oltinko‘l» tumanidagi fermer xo‘jaligidagi zotdor echkilarni ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev har bir xonadonga ikkitadan echki tarqatishni ...
19 iyul 2018
O‘zbekistonning «Sevimli» telekanalida 15 iyul kechki payt ko‘rinib ketgan seks sahnasi haqidagi malomatlar ijtimoiy tarmoqda hali ham tingani yo‘q. ...
30 yanvar 2021
Joriy qish mavsumida mamlakatning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi nafaqat yaroqsiz, balki odamlar uchun xavfli ekani ma'lum bo‘lib qoldi. ...
5 avgust 2019
Haydovchilarni qayta tayyorlash va bu haqda sertifikat berish tizimini to‘laligicha monopoliya qilib olgan “Avtotest Report” MChJning kutilmaganda “o‘yindan chiqishi”ni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...