chorshanba,
18 dekabr 2024
30 avgust 2017
«Ham vatandan ayro, ham yuragingdan…»
1973 yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston radiosi va «Amerika ovozi» radiolarida ishlagan. Bir necha she'riy kitoblar muallifi. Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.
Xaqning gul vasliga dil bandi,
Bu kangul ajrga asrandi.
Yurak-chi, may istab zorlandi,
Matlabi kulmagan oshiqman.
Dilima «hu» ishqin joyladim,
Ko‘zimdin obi dur soyladim.
Botinim uzlatga tayladim,
«Hayy», mehrin istagan oshiqman.
Etsa deb, bir nazar poramen,
Qaqnus zuhurida nolamen.
Aylamas shafqatin qoramen,
Tole kulmagan oshiqman.
Jununvash qul kabi devona,
Bo‘libman o‘zimdin begona.
Maqsudim ul ishqi yagona,
Savdoyi sargardon oshiqman.
Caodat Po‘lkanova
Ozodlik oxanglari
Eltuz.com