Multimedia
19 yanvar 2016

Turmada infarkt olgan G‘aybullo Jalilov oilasi bilan ko‘rishmoqchi

Yetti yildan buyon qamoqda qolayotgan inson huquqlari himoyachisi G‘aybullo Jalilov og‘ir ahvolda Sangorodga o‘tkazilgan.

Bu haqda Eltuzga mahkumning hamkasbi Gulshan Qoraeva xabar berdi. Uning bildirishicha, o‘zining og‘ir ahvoli haqida G‘aybulla aka yaqinlariga shu yilning 13 yanvar kuni xabar bergan, qizlari bilan ko‘rishish niyatida ekanini aytgan.

G‘aybulla Jalilovning umr yo‘ldoshi Muqaddas opa ikki qizi bilan hozir yolg‘iz, nochor ahvolda umr kechirmoqda.

“Hatto erini borib ko‘rishga sira imkonlari yo‘qligini aytib, rosa yig‘ladilar”, deydi Gulshan Qoraeva, O‘IHJ faoli.

Gulshan Qoraeva bilan suhbat (audio)

G‘aybullo Jalilov haqida ma'lumotlar

2009 yil 8 yanvarida inson huquqlari himoyachisi G‘aybullo Jalilov hibsga olinadi.

2010 yilning 18 yanvar kuni u “jinoiy uyushma tuzish”, “jamoatchilik havfsizligiga havf soluvchi materiallar tayyorlash va tarqatish”, “taqiqlangan diniy tashkilotga a'zolik”da ayblanib to‘qqiz yil qamoqqa hukm qilinadi.

2010 yilning 5 avgustida o‘tgan yopiq sudda Jalilov 11 yil 1 oy va 5 kun ozodlikdan mahrum qilinadi. G‘aybullo Jalilovni mahkumlar orasida radikal islom g‘oyalarini yoyishda ayblab, unga JKning 159 moddasini qo‘llashgan.

2012 yilning aprelida G‘aybullo Jalilov oilasi uning sog‘lig‘idan havotir ola boshladi. Zangiota turmasida uning yaqinlari bilan ko‘rishishiga ruhsat berishmagan. Keyin uni Navoiy koloniyasiga ko‘chirishgan, biroq oilasiga uning aniq adresini aytishmagan.

Keyinchalik mahkum turmadan xat chiqarib, oilasiga Navoiydagi N64/62 koloniyasiga etap qilingani haqidagi ma'lumotni yetkazishga muvaffaq bo‘lgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 fevral 2018
Toshkentda 14 fevraldan sovuq suv uchun tariflar oshishi bildirildi. «Suvsoz» idorasi xabariga ko‘ra, yangi narxlar poytaxt hokimligi tomonidan 29 ...
21 sentyabr 2017
20 sentyabr kuni Rossiya Havfsizlik Kengashi (SB) kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keldi va O‘zbekiston Havfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov ...
21 may 2018
Andijon shahrining so‘kong‘ich hokimi Dilmurod Rahmatullaevning tilini tushovlashning umuman imkoni bo‘lmayapti. O‘tgan yili shunday fe'li sababli u sud qarori ...
18 iyul 2024
Videoda Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliev fermerni uryapti. Voqea aprel oyida yuz bergan. Kuni kecha esa majlisda hokim Do‘stlik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...