Asosiy mavzular
20 fevral 2023

20 fevral – shoir Matnazar Abdulhakim tug‘ilgan kun

Ulug‘ shoir Matnazar Abdulhakim mening dunyoqarashimni o‘zgartirgan bir inson edi.

1980 yil, ilk she'rlarim Urganch tumani gazetasida bosilgan kuni gazetani ko‘tarib Matnazar akaning oldiga borganimni eslayman.

Matnazar og‘a Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardi.

Chap ko‘zini sal qisib, gazetadagi she'rlarimga ko‘z yugurtirgan bo‘ldi-da, «Yaxshisi kechqurun uyga kelgin, gaplashamiz!» dedi Matnazar aka. Qo‘limga esa Rauf Parfining «Qaytish», Muhammad Solihning «Oq kuylaklar» kitobini tutqazdi.

«Bularni albatta o‘qi. Kelganingda fikringni aytarsan!» Ustoz va shogirdning «rasmiy tanishuvi» shu bilan tugadi.

Shu-shu Matnazar og‘aning Qorovul qishlog‘idagi uyiga «kitob o‘qish»ga borish mening odatimga aylandi.

Yangi mashqlarim bilan tanishgach, o‘zining ham yangi she'rlarini o‘qib berar, keyin esa navoiyxonlik qilishga tushardik.

Nimqorong‘i dolondagi ko‘rpacha ustiga bir nechta yostiq olib kelib tashlardi. «Kitobni yostiqni ustiga qo‘yib o‘qish qulay menga», derdi u.

Bir g‘azal yoki baytning tahlili bilan boshlangan «kitob o‘qish» tun qorong‘usigacha cho‘zilar, qaytishda Matnazar akaning kutubxonasidan Kafka, Kortasar yoki Markesning kitobini ko‘tarib qaytardim.

«Oktyabr bayrog‘i» darajasidagi mashqlarim bilan bu asarlar o‘rtasida yer bilan osmoncha farqni ko‘rgach, mening zehniyatim ham o‘zgara boshlagandi.

Nomard bo‘lay agar nolisam,
Boshqa tirilmayman, o‘lmayman.
Bir qutulsam, bir ketib olsam,
Dunyoga men boshqa kelmayman,

degan edi ustoz bir she'rida. Men Matnazar akadan nimani o‘qishu nimani o‘qimaslik, nimani yozishu nimani yozmaslik kerakligini o‘rgandim. Shoir Matnazar Abdulhakim 2010 yili olamdan o‘tdi. Undan vazmin, takrorlanmas satrlar qoldi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2025
Jurnalist¸ Shov-shuv.uz loyihasi asoschisi va bosh muharririri¸ shou biznes xamda qo‘shiqchilar dunyosi haqidagi kontentlar yaratib  kelgan  Jasur Hamroev  5 ...
23 fevral 2025
«Biz haqda» tekinga maqola yozildi Odatda dunyo yetakchi matbuoti O‘zbekiston haqida yozar ekan maqola tagida maxsus belgini ko‘ramiz. Bu ...
18 noyabr 2022
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizla, mo‘chchi oybikala, xo‘jik birrila?RT: ...
21 mart 2020
Keyingi 6 oy davomida biz ularni urdik, kaltaklab mayib qildik. Bonusiga poraxo‘rsan, ta'magirsan, dedik. Mashina glushiteli teshilganida ustaga shartta ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...