Xonanda Aziza Niyozmetova olamdan o‘tdi
Xorazmlik taniqli xonanda Aziza Niyozmetova 14 oktyabr kuni 46 yoshida olamdan o‘tdi.
Bir yil avval saraton kasaliga chalingan xonanda yaqinda Respublika onkologiya tibbiy markazida davolangach, Xorazmga qaytgan edi. Bundan ilgari uning Hindistonga borib davolangani «Eltuz»ga ma'lum.
Bir yil burun Aziza Niyozmetova «Eltuz» nashriga o‘z hamkasbi Ozodbek Nazarbekovning davlat tadbirlarida tekin kontsert qilinishiga qarshi fikrini himoya qilib intervyu bergan edi:
Azizaning «Kishmish», «Qo‘y, og‘ajon», «Xivaning tor ko‘chasinda», «Shiqir-shiqir» kabi jozibador qo‘shiqlari muxlislari qalbidan joy olgan.
Ijodini 90-yillar boshida raqqosalikdan boshlagan Niyozmetova ilk qo‘shiqlarini Urganchdagi mustaqil «Ey-El-Si» telekompaniyasi orqali 1994 yildan boshlab elga taqdim qilgan edi.
Eltuz.com