Asosiy mavzular
9 avgust 2019

Vazirni tanqid qilgan bloger kuyovga jinoyat ishi ochildi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 31 yashar Mirsaid Haydarov ijtimoiy tarmoq orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovni tanqid qilgani uchun tuhmat va haqoratda ayblanayotganini aytmoqda. 

Vazir Shuhrat Sodiqovning O‘rtachirchiq tumanidagi uyi.

24 iyun kuni unga nisbatan JKning 139-moddasi 2-bandi (ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Haydarovning “Eltuz” nashriga bildirishicha, bunga uning “Ozodlik”da e'lon qilingan “O‘zbekistonda vazir va oddiy fuqaro birga yashay oladimi?” sarlavhali videosi sabab bo‘lgan.

Videoda u tumandagi yo‘llarning rasvoligi va ayni mahallada faqat vazir Sh.Sodiqovning uyi atrofi asfalt qilingani haqida gapiradi. Ayni videoda faktlar ko‘rsatiladi. Vazirga nisbatan tuhmat yoki haqoratli so‘zlar yo‘qligini e'tirof etish mumkin.

Bosh prokuraturaning “Daryo.o‘z” nashriga bergan izohiga ko‘ra, jinoyat ishi ochilishiga O‘rtachirchiq tumanining Qurama ovul chuvuldoq MFY Saxovat ko‘chasida yashovchi N.S. va uning ukasi R.M.ning Haydarovga chora ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi sabab bo‘lgan.

Rasmda: o‘ngda vazirning advokati B. Eshmurodov

Unda, shuningdek, Haydarov farzandlarini ko‘rish bahonasida sobiq xotini (vazir Sh.Sodiqovning qizi) yashayotgan xonadonda muntazam janjal chiqarib, turli idoralarga tuhmatdan iborat arizalar bilan murojaat qilib kelayotganligi aytiladi.

“Mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga ijtimoiy tarmoqlarda 12 iyun kuni e'lon qilingan “O‘zbekiston vazir va oddiy fuqaro birga yashay oladimi?” videoni ko‘rib fikr bildiring!” sarlavhali videorolik asos bo‘lmagan hamda videorolikning jinoyat ishiga aloqasi mavjud emas”, deyiladi Bosh prokuratura izohida.

Haydarovning “Eltuz”ga aytishicha, bu gaplar prokuratura tomonidan ommaviy axborot vositalarini chalg‘itishdan boshqa narsa emas. Chunki O‘rtachirchiq tumani IIB tergov bo‘limining unga tanishish uchun berilgan, uni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorida bu holat aniq qilib yozib qo‘yilgan:

M. Haydarovni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarordan

“M.Haydarov tuhmat qilish, ya'ni bila turib, sobiq turmush o‘rtog‘i N.Sodiqovaning otasi Sh.Sodiqovni va uning oila a'zolarini sharmanda qiladigan asossiz uydirmalarni Internetdagi Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali nashr qilib, “Ozodlik” radiosining Telegram ijtimoiy tarmog‘iga yuborib, “www.facebook.com” ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatilishiga erishgan”.

Ayni ayblov Haydarovga nisbatan JKning 139-moddasi 2-bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘lgani ta'kidlanadi jumladan tergov qarorida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 iyun 2023
Xafta girr etib aylanib yana siz bilan muloqotdaman. Muloqot so‘zi sal bo‘rttirilgan. Chunki men gapiraman, siz eshitasiz. MS: Manam ...
20 fevral 2018
Firibgarlikda ayblanayotgan chinozlik tadbirkor, 40 yoshli Ahmad Tursunboev va uning sheriklariga 16 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati ...
11 sentyabr 2015
Agarda, muxokama qilgan bo‘lsa, nima uchun bu haqida ommaviy axborot agntlarida biror marta hamxabar qilinmagan? Bugungi kunda, yurtimizda SSSR ...
19 aprel 2020
Bahodir Sodiqov 1959 yilning 19 aprelida Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida o‘qib ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...