Multimedia
28 fevral 2019

O‘zbekistondagi biznes uchun ochiq, oddiy xalq uchun yopiq investitsiya

So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar mazkur islohotlardan foyda olish umididagi xalqaro rivojlanish banklarining e'tiborini tortdi.

Biroq O‘zbekiston bozori xalqaro savdo va xususiy sektor uchun ochilayotgan bir paytda fuqarolik jamiyati uchun yopiqligicha qolmoqda. Fuqarolik jamiyati va oddiy odamlarning ko‘zda tutilayotgan investitsiya loyihalari haqidagi axborotlarni olishi, xususan, rivojlanish jarayonlarida faol ishtirok etishi qiyin. Fuqarolik jamiyati o‘z mamlakatining rivojlanish rejalarida ishtirok etishi uchun kishilar banklardan investitsiya olishning dastlabki bosqichlarida ishonchli va to‘liq axborotga ega bo‘lishlari kerak, deyiladi biznes va inson huquqlariga ixtisoslashgan tadqiqotchi Ishita Petkarning maqolasida.

Ammo mamlakat iqtisodiyotiga xalqaro investitsiyalar haqidagi axborotlarga ega bo‘lish imkoniyatining o‘zi yetarli emas. Bu ma'lumotlar ahamiyatli bo‘lishi uchun fuqarolik jamiyati dastlabki bosqichlardayoq tushunarli axborotlarga ega bo‘lishi lozim.

Kavkaz va Markaziy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida hatto rus tilidagi axborotlar ham murakkab loyihalarni tushunishga intilayotgan kishilar uchun ochiq bo‘lmasligi mumkin.

Oddiy qilib aytganda, masalan, O‘zbekistondagi elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 30 million dollarlik texnik loyihani tavsiflovchi, ingliz tilida chop etilgan loyiha hujjatlari axborot olishga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi hisoblanishi mumkin emas.

«Avvaldan ogohlantirish tizimi» loyihasi tomonidan to‘plangan ma'lumotlarga ko‘ra, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) kabi rivojlanish institutlari tomonidan O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish kuchaygani kuzatilmoqda. 2018 yilda Jahon banki qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish siyosati yuritilishini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar miqdorida ilk zaymni berishni tasdiqladi. Xuddi shu vaqtda YeTTB hamkorlikni tiklab, Toshkentda yangi ofisini ochdi va xususiy sektorga mo‘ljallangan qator investitsiyalarni taklif etdi.

Umuman, O‘zbekiston uchun taklif etilayotgan ko‘plab loyihalar gaz turbinalaridan tortib irrigatsiyagacha va maktabgacha ta'limni xususiylashtirishgacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oladi.

Shunga qaramay, mamlakatni «o‘zgartiruvchi» deb nomlanayotgan, taklif etilayotgan bu loyihalarning hujjatlari ochiq holda faqat ingliz tilida mavjud va loyihalar tasdiqlangungacha mahalliy tilga tarjima qilinishi ko‘zda tutilmagan. Hatto mahalliy rivojlanish jarayonlariga o‘z hissasini qo‘shish maqsadidagi loyiha ham o‘z oldiga loyiha hujjatlarini barcha uchun tushunarli tillarda tarjima qilish maqsadini qo‘ymagan.

Xullas, O‘zbekiston xalqaro institutlardan qancha pul oladi?

2018 yil noyabrdagi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish bilan asosan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki shug‘ullanmoqda.

Shuningdek, investorlar ro‘yxatida Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va Yevropa investitsiya banki kabi yirik tashkilotlar bor. Taklif etilayotgan loyihalarning aksariyati qurilish sektori uchun mo‘ljallangan. Sarmoya kiritish uchun taklif etilayotgan loyihalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda energetika sektori, texnik hamkorlik sohasi, moliya, suv ta'minoti va sanitariya, sanoat va savdo, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, huquq va boshqaruv, shuningdek, transport tarmoqlari turibdi.

2018 yildan O‘zbekistonda amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarni moliyalashtirayotgan tashkilotlar.

Tashkilotlar nomlariMoliyalashtirilayotgan loyihalar soni Loyihalarning umumiy qiymati (mln dollar)
Jahon banki242,260
Osiyo taraqqiyot banki121,334
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki13866
Yevropa investitsiya banki 2233
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki 2193
Xalqaro moliya korporatsiyasi320

2018 yildan O‘zbekistonda sektorlar bo‘yicha amalga oshirilishi uchun taklif etilayotgan loyihalar

SektorTaklif etilayotgan loyihalar soni
Qurilish 26
Energetika16
Texnik hamkorlik16
Moliya 15
Suv ta'minoti va sanitariya14
Sanoat va savdo 13
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi 12
Huquq va boshqaruv 12
Transport10
Infratuzilma 8
Ta'lim va sog‘liqni saqlash 6
Aloqa va kommunikatsiya4
Iqlim va atrof-muhit 3

Maqola muallifi Ishita Petkar (Ishita Petkar), Hisobdorlik bo‘yicha xalqaro loyiha

Manba: https://medium.com/@accountability/development-in-the-caucasus-and-central-asia-open-for-business-closed-to-civil-society-d36cde44f5f1

Tag‘in o‘qing
17 yanvar 2017
17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch ayol ham qo‘lga olingan. Shu ...
9 mart 2020
1965 yilning 8 marti. “Xorazm haqiqati” gazetasining birinchi varag‘ida oq xalat kiygan vrach ayolning yangi tug‘ilgan chaqaloqni osmonga ko‘tarib ...
24 noyabr 2016
2016 yilning 11 noyabrida o‘zbek huquq himoyachisining ayoli u bilan turmada uchrashdi. Safar oldidan biz Ozoda Yoqubovadan uning mahkumlikdagi ...
17 sentyabr 2024
Qashqadaryodagi maktab direktorining qonunga zid qilmishlari va chek-chegarasi yo‘q o‘zboshimchaligi haqida matbuotga xabar yetkazgani ortidan ayni direktor arizasiga asosan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...