Asosiy mavzular
21 avgust 2019

Shoirlari kitob o‘qigani uchun tergov qilinadigan davlat

“Bu maktubni sizga yozayotgan paytimda xorazmlik adabiyot ixlosmandlari viloyat IIB binosi oldida norozilik piketi o‘tkazib turibdi.

Ularning talabi o‘ta oddiy. Kitob o‘qigani yoki sumkasidan badiiy kitob chiqqani uchun qilinayotgan tazyiqlarga nuqta qo‘yilishini istashadi.

Xorazm viloyatida kriminogen vaziyat yomonlashgan bir paytda tergov boshqarmasi “kim Muhammad Solihning she'rini o‘qidi”, degan “jinoyat” taftishi bilan oylab shug‘ullanishi uyat, isnod va isrof.

Mashina o‘g‘rilari, kissavur va firibgarlik bilan bog‘liq o‘nlab jinoyatlar ochilmay yotibdi.

Qotillik, nomusga tegish kabi jinoyatlar chandon urchigan bir paytda davlat pulini behuda sovurib, kim nima kitob o‘qidi, deya tergovchilarni band qilishi kulgili emasmi, janob general.

“Siyosiy politsiya” bo‘lishning samarasizligini tushunasiz. Kitob o‘qigan odamning bolasisiz. Shu yurt shoiri Mahmud Rajab shu millatning ulug‘ shoiri Muhammad Solihning badiiy asarini o‘qigani jinoyat emasligini mendan ham yaxshi tushunasiz.

Kalendarga qarang, 2019 yil deb yozilgan, 1937 emas.

Janob Po‘lat Bobojonov, soliqdan kelgan pulni behudaga sovurmang.

Davlat pulini jinoyatchilikni kamaytirishga¸ qotil va kissavurlarni ushlashga sarflang.

Men sizni tushunadigan odam deb bilib erinmay bu satrlarni yozdim.

Internet asrida “falonchi pistiyon kitob” o‘qibdi deb odamlar ta'qib qilinadigan mamlakat ochiq shaffof mamlakat emas.

Shoirlarni kitob o‘qigani uchun tergov qiladigan davlat erkin emas.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
3 sentyabr 2018
2 sentyabr kuni militsiya bo‘limiga chaqirilgan toshkentlik interer dizayner va bloger, 41 yoshli Miraziz Ahmedov uyidan chiqib ketganicha hanuz ...
5 iyul 2017
Istanbulning Pendik tumanida o‘zbek fohishalari va politsiya o‘rtasida yuz bergan qochdi-quvdida ikki ayol yaralandi. Hurriyat gazetasi muhbiri Muslim Sariyorning ...
14 oktyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. MS: Tuz og‘a eshitdingizmi o‘rislar o‘zini yurtindan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...