Asosiy mavzular
25 mart 2020

Hazilning tagi zil bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar aniqlangani ortidan karantin joriy qilinishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda virusga qarshi chellenj boshlanib ketdi.

Shifokorlar tomonidan odamlar salomatligini ko‘zlab boshlangan “Biz siz uchun ishda qoldik, siz biz uchun uyda qoling” chellenjini ko‘p o‘tmay boshqa soha vakillari, jumladan, ichki ishlar xodimlari davom ettirdi.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishi oldini olishga qaratilgan “Biz vatan posbonlari xalqimiz tinch-osoyishtaligi yo‘lida xizmatdamiz, siz oilangiz uchun uyda bo‘ling”, “Biz yo‘llarda sizning xavfsizligingiz uchun xizmatdamiz, siz biz uchun uyda bo‘ling” kabi chellenjlar ijtimoiy tarmoqlarni birin-ketin zabt eta boshladi.

Soha xodimlaridan ruhlangan jismoniy shaxslar ham chellenjda ishtirok etish uchun tarmoqqa boshi bilan sho‘ng‘idi. 

Shu tariqa, ijtimoiy tarmoqlarni “Men mashag‘daman, siz ashag‘da bo‘ling”, “Siz biz uchun ishda qoldiz, biz siz uchun pamperslardi almashtirib, kirlardi yuvib, bollarga ovqat qilyapmiz” va hokazo mazmundagi chellenjlar bosib ketdi.

Shu bilan birga, tarmoqlarni mutaxassislarning koronavirus tufayli uyda qolishga da'vati jiddiy qabul qilinmay kulgiga olingan, ba'zi bir fotosuratlar fotoshop yordamida o‘zgartirilib tarqatilgan chellenjlar ham egalladi. 

Chellenjlar orasida rasmga “Biz siz uchun ishda qoldik, siz biz uchun uyda qoling” degan yozuvni ushlab tushgan hamshiraning qo‘lidagi yozuvi o‘rniga “Men siz uchun ishda qoldim, siz uyga birovni obkelib yurmang” degan yozuv yoki “Biz siz uchun xizmatda qoldik, siz biz uchun uyda qoling” degan yozuvni ushlab tushgan ichki ishlar xodimining qo‘lidagi yozuvi o‘rniga “Biz siz uchun itday ishlavomiz, siz uyda qisib o‘tiring” degan yozuvlar fotoshop yordamida tushirilgan chellenjlar ham bor.

Ayniqsa, telegram kanalida 223 mingdan ko‘p obunachiga ega bo‘lgan “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Behzod Yunusovning “Biz siz uchun avtomobil chiqaryapmiz, siz biz uchun sotib oling” degan chellenji ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. 

Hatto Toshkent shahri IIBB Matbuot xizmati chellenjerlarga bag‘ishlagan tanqidiy ko‘rsatuvlar tayyorladi. 

Bu chellenj “O‘zavtosanoat”ning avtomobillar narxini oshirishidan norozi bo‘lgan xalqning hovurini yana oshirib, g‘azabini qo‘zg‘atib yubordi.

Natijada chellenjerlar ichki ishlar idoralarida tergov qilinib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra ma'muriy javobgarlikka tortildi.  

Shunday qilib, avtomobil ishlab chiqaruvchi monopolchi va uning himoyachilari bor alamini “bir hazil qilay” degan umidda shunchaki rasmga tushib chellenj qilgan “etim”dan oldi. Hazilning tagi zil bo‘ldi.

Aslida o‘zbek xalqiga xos hazil-mutoyibaga oshuftalikka asosan yaratilgan chellenjlarni tarqatish, qolaversa, “Biz siz uchun avtomobil chiqaryapmiz, siz biz uchun sotib oling” yozuvli rasm ulashish jinoyat emas. 

So‘z erkinligiga, matbuot erkinligiga amal qilinadigan davlatlarda bu kabi hazillar to‘g‘ri tushuniladi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 yanvar 2019
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ayni savolni tashlagan rassom Tuz 14 yanvarga qadar bir-biriga qarama-qarshi yuzdan ziyod javob oldi. Ayrim umumiy ...
25 mart 2016
«Jahon» axborot agentligining bir qancha mahalliy nashrlarda bosilgan xabarida Shanxay hamkorlik tashkiloti rasmiy saytida «O‘zbekiston iqtisodiyotidagi barqaror o‘sish tamoyili ...
5 avgust 2018
1997 yili meni hayratga solgan voqea birinchi raketka ustasining otasi va murabbiyi Shteffi Grafning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun ...
24 noyabr 2020
Rassom Tuz karikaturasi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...