Asosiy mavzular
5 avgust 2018

O‘zbekiston: avtokratiyami yoki shariat?

1997 yili meni hayratga solgan voqea birinchi raketka ustasining otasi va murabbiyi Shteffi Grafning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 3 yil qamoqqa jo‘natilgani bo‘ldi. Bu birinchilar hamisha daxlsiz qoladigan o‘zbek muhitiga mutlaqo mos bo‘lmagan holat edi. Bu qanday mumkin, deb o‘yladim, axir u Germaniya uchun qancha sharafli g‘alabalarni keltirgan buyuk tennischining otasi, uni butun dunyo bo‘ylab sharaflashadi.

Berlinda yashab, mamlakatdagi demokratik jarayolarni kuzatarkanman, endilikda men nemis sud tizimi shunday tuzilganki, vatan oldidagi hech bir xizmat aybdorlarning jazodan qutilmasligiga amin bo‘ldim.

2011 yili nemis jamoatchiligi fikri ta'sirida Germaniya kantsleri nomzodi bo‘lgan mudofaa vaziri, yosh va yorqin siyosatchi Karl Guttenberg vazifasidan chetlatildi. U doktorlik dissertatsiyasini yozishda plagiatlik qilganlikda ayblangandi, hatto Angela Merkelning omma qarshisidagi himoyasi ham uning mansabida qolishiga yordam bermadi.

Oradan bir yil o‘tib, mening hayron ko‘zlarim o‘ngida nemis ommaviy axborot vositalari Germaniya prezidenti Kristian Vulfni muhtamal korruptsiyaga aralashganlik gumoni bilan iste'foga jo‘natdi.

Prezident Vulf uy sotib olish uchun halol nemis mulozimiga xos bankdan kredit olish o‘rniga tadbirkor do‘stlaridan pul olib turgan edi.

Men bu hikoyalarni erkin matbuot tamoyillari hayotda mavjud emas, deydigan ba'zi o‘zbek jurnalistlari hasratlariga javoban keltirdim.

Misol uchun, o‘zbek jurnalisti Xurshid Davron O‘zbekiston matbuoti «kar va ko‘r bo‘lsa», G‘arb matbuoti sotqin matbuotdir, deya iddao qildi.

Ehtimol, Xurshid Davron shunchaki erkin g‘arb matuoti qanday ishlashini bilmas, biroq uning bunday nuqtai nazari hech narsa qilmaslik pozitsiyasini oqlashga intiluvchi o‘zbek ziyolilari uchun juda qulaydir.

Sud hokimiyati mustaqilligi, erkin matbuot – haqiqatan mavjud va u demokratik tizimning tayanchidir. Bu aynan biz intilishimiz kerak bo‘lgan maqsaddir. O‘zbek internet segmentida ko‘pincha demokratiya haqida gapirilarkan, ko‘pincha uning gomoseksualizm yoki “ahloqsizlik”ka yetaklovchi unsur sifatida primitiv talqin qilinishini ko‘rish mumkin.

Hayot tajribasi demokratik mamlakatlarning eng muvaffaqiyatli va boy ekanini ko‘rsatmoqda. Nemis chegaralari sari xoh yayov, xoh ulovda bo‘lsin yetib olishga urinayotgan yuz minglab qochqin musulmonlar bizga demokratik modelning jozibadorligini namoyish qilmoqda.

Yana bir, asosan, o‘zbek internet muxlislarining diniy qismida keng tarqalgan fikr O‘zbekistondagi hozirgi tuzumning demokratik ekanligidan iborat. Bu yomon, shuning uchun uni o‘zgarish va ​​shariat qoidalarini belgilash lozim.

Karimov qurgan hozirgi avtokratik buzuq tuzum, qasddan atay demokratik deb ko‘rsatilyaptimi, bilmayman. Uni yovuz va mafioz tuzum desa to‘g‘riroq bo‘lar, bil'aks zinhor u demokratik emas.

Yillar o‘tarkan, menda O‘zbekiston fuqarolari uchun ro‘shnolik ko‘radigan kunlar kelishiga kamroq umid qolmoqda. Karimovdan keyin nima bo‘ladi? Buni hech kim bilmaydi. Erkinlik, demokratiya, toqatlilik, inson huquqlari kabi qadriyatlarni tushunuvchi insonlar O‘zbekistonda yo‘qday tuyuladi.

U holda bizni oldinda nimalar kutmoqda? Avtokratiyaning davomimi? Shariatmi?

OAV erkinligi va haqiqiy siyosat bo‘lmagan mamlakatda turib bugungi kun siyosiy elitasi dunyoqarashini anglash mumkin emas.

Mustaqil ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilmayotgan yurtda odamlarning real tafakkuri va kayfiyatini bilish mumkin emas. O‘zbekistonliklar o‘z kelajaklari haqida aslida nimalarni o‘ylashmoqda? Zamonaviy o‘zbek yoshlari zehniyati qay darajada?

Savollar juda ko‘p. Muammolar yanada ko‘proq. Biroq ularni yechadigan biror odam yo‘q.

Umida Niyozova
Berlin, 5 noyabr 2015
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2018
Prezident Mirziyoev 23 mart kungi yig‘ilishda matbuotni maqtamaslikka, bor haqiqatni ko‘rsatishga chaqirdi. «Maqtamanglar. Maqtaydigan davrlar o‘tib bo‘lgan. Raislar bilan ...
19 sentyabr 2023
Agar Ginnesning qo‘lostidagilarni nafsoniyatiga tegish, g‘ururini toptash, tahqirlash, so‘kinish va urish singari yo‘nalishlarda ham reytingi bo‘lganida edi, g‘oliblikni yaqin ...
28 mart 2019
Ushbu video «Eltuz» muxbiri Ayub Mingboevning bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari negiziga qurilgan «Shantajni asosiy qurolga aylantirgan ...
19 yanvar 2016
«Devona farishta», «Qo‘rg‘oshin» va «Jodugar» filmlarida o‘ynab tanilgan artist Otabek Musaev «O‘zbekkino» Milliy agentligi raisi etib tayinlandi. Bu haqda ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...