Asosiy mavzular
14 aprel 2020

O‘zbekistonda «Trollar fabrikasi» qonuniylashtirilmoqchi

O‘zbekiston hukumati «Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini e'lon qildi.

Hujjatdan, jumladan, «voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha» kontseptsiya va yo‘l xaritasi joy olgan.

Unda IIVda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi boshqarma tuzish, oliy ta'lim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimini joriy etish ko‘zlangan. Yo‘l xaritasining 9-bandida esa «vatanparvar blogerlar virtual guruhi»ni tuzish rejalashtirilgan.

«O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a'zolari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etish, ular yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlash hamda tarmoq foydalanuvchilarining ular ta'sir doirasiga tushib qolishlari oldini olish maqsadida bildirilayotgan salbiy fikrlarga murosasizlik muhitini yaratish» haqida aytiladi yo‘l xaritasida.

Jamoatchilik fikrini sun'iy yo‘l bilan o‘zgartirishga qaratilgan bu singari «troll fabrika»larini yaratish harakatlari avtoritar mamlakatlarda mavjud. Ammo ish haqi evaziga ijtimoiy tarmoqlarga yoziladigan izohlar, yoshlar orasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga qanday yordam berishi mumkin?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 dekabr 2020
Rassom Kirpi karikaturasi
24 aprel 2020
15 aprel kuni Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya bo‘lgasida to‘rt nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan. Bundan oldin bu ekstremistik ...
13 noyabr 2023
Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga ...
21 yanvar 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Sovuqlarda dirdirayotgan toshkentliklar, siz bilan hamdardman. MS: ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...