Asosiy mavzular
13 may 2021

Andijon, 13 may: qo‘zg‘olonchilarning IIV bilan amalga oshmagan kelishuvi

2005 yilning 13 mayda «akramiylar» deb atalgan guruh vakillari Andijonda harbiy qismga hujum qilib, qurollarni qo‘lga kiritishgan. Keyin ular turmaga hujum qilib u yerdagi 500 dan ziyod mahkumni ozod qilishgan. Hokimiyat binolarini egallab, bir qancha amaldorlar, prokuror va harbiylarni garovga olishgan edi.

O‘sha kuni Andijonning Bobur maydonida bir necha ming odam to‘plangan edi. Ular orasida ozod etilgan mahkumlar, qurollangan «akramiylar» va o‘z maishiy muammolarini aytish uchun yoki shunchaki qiziqish yuzasidan kelgan oddiy andijonliklar bor edi.

Qo‘zg‘olon tashkilotchisi va «akramiylar» guruhi yetakchilaridan biri bo‘lgan Qobul Parpiev o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Zokir Almatov bilan muzokaraga kirishadi. Parpiev Almatovdan «akramiylar» asoschisi Akram Yo‘ldoshev va boshqa safdoshlarini qamoqlardan ozod etish, O‘zbekistondan chiqib ketish uchun koridor ochib berishni talab qiladi. Telefondagi suhbatdan Almatov talablarni bajarishga va'da berganini eshitish mumkin. Biroq kun yakunida hukumat olomonga qarata o‘q yog‘diradi. Olomon ichida yuzlab oddiy andijonliklar bor edi.

Qurolli qo‘zg‘olon yetakchisi Qobul Parpiev o‘sha kuni Qirg‘izistonga qochishga muvaffaq bo‘ladi. Biroz vaqt tog‘larda yashirinib yuradi. Keyinchalik u o‘zbek maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olinib, 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sobiq ichki ishlar vaziri Zokir Almatov bilan «akramiylar» guruhi yetakchisi Qobul Parpiev o‘rtasidagi 2005 yil 13 maydagi kelishuv suhbati.

– Allo.
– Eshitaman.
– Qobilvoy.
– Anovi odamni bilasan, Akramov Yo‘ldoshmidi?
– Yo‘q, Yo‘ldoshev Akramjon ismi.
– Yo‘ldoshev Akramjon. Yana anovi bittasi Qarshida ekan.
– Yo‘q. Toshkentda edi.
– E, yo‘q, Qarshida ekan. Manga hozir dolojit qilishdi-yu.
– Xo‘p, xo‘p…
– Bu ikkalasini sanga olib kelib beraman.
– Xo‘p.
– Innan keyin, qancha avtobus, mashina desalaring sanga beraman.
– Xo‘p.
– Chegarani ochib beraman sanga. Shunga kelishamizmi?
-…
– Men aytdim-u. Mana, hokim ham maning oldimda turibdi. Men senga prezident kafolati, hech kim tegmaydi. Soprovojdenie bilan, chegarani ochib beraman.  
-…
–  Mana, san hokim bilan gaplashgin.
– Xo‘p.
– Qobiljon.
– Eshitaman.
– Men Begaliman, yaxshimisiz. Mana, yurtboshi menga aytdi, borib gaplashgin, dedi. Bitta tukiyam to‘kilmasin, dedi. Hammasi mening farzandlarim, dedi. Kafolat berdik, dedi. Men senga yo‘lak qilib beraman 50 metr. Sening oldingga boraman.
-Hozir hokimiyatdaman. Tanklar kelib, voenniylar kelib o‘rayapti. Mana endi siz aytgan gap bilan. Kecha aytgan ratsiyada. Telefonda, ratsiyada aytilgan gaplar turibdi menda. Kecha aytilgan gap bilan hozirgi gapingiz to‘g‘ri kelmayapti.
– Yo‘q, misol uchun, men siz bilan gaplashayapman. Yurtboshim menga aytdi, hammasi mening farzandlarim, dedi, bu tushunmovchilik, dedi. Misol uchun, yurtboshi bitta sochiniyam to‘kdirmayman, dedi. Bo‘lar ish bo‘ldi, dedi. Bo‘pti. To‘xtang. Zokir akam ham gapirmoqchi. Gaplashing.
– Allo.
– Eshitaman.
– Umarov Nodirbek Toshpo‘latovichmasmi?
– Toshpo‘latovich…
– Ikkinchisi kimdi?
– Yo‘ldoshev Akramjon.
– Anovi Yo‘ldoshevi qatda (yonidagilardan surishtiradi)…
– Allo, hozir man samolyot zakaz qilib olib keltiraman.
– Gap yo‘q.
– Bo‘lmasa kelishdik…
– Yaxshi.
– Avtobusniyam zaranee tayyorlatiymi, Qobilvoy?
– Avtobusdi… Avtoparkning boshlig‘i yonimda o‘tiribdi.
– O‘tiribdimi?
– Ha, prokuror o‘tiribdi. Anchagina bollar bor bu yerda. SNBning ancha xodimlari o‘tiribdi.
– Yo‘q. Kelishdikmi? Man gapimni uddasidan chiqaman. Prezidentning kafolatini aytayapman. Chegarani ochib beraman.
– Vsyo, vsyo. Kelishdik, aka.
– Hozir man bu ikkkalasini obkeltiraman.
– Xo‘p.
– Kutaman.
– Kelishdikmi?
– Kelishdik.
– Hokim saning oldingga borsinmi?
– Kelsin, kelsin. Bezopasnost uchun man javob beraman.
– Yonida ikkita xodim bo‘ladi. O‘rtada o‘zi bo‘ladi. Oq plakat ko‘tarivoladi.
– Bo‘pti.
– Bollaringga ayt, tag‘in tepadan bittasi otib qo‘ymasin.
– Bezopasnost 100 protsent garantiya. Menda unaqa narsa yo‘q.
– Bo‘pti. Anjanchasiga bo‘lsin buyag‘i.
– Gap yo‘q. Kelishdik.

(audio parchasi tugadi)

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2016
Paxta terish har bir musulmon uchun «vojib amal» deya hukm chiqarayotgan imomlar haqidagi mavzuni rassom Adolatxon davom ettiradi. Uning ...
12 aprel 2019
Bugungi kunda O‘zbekistonda bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayyor 33 million odam bor degim keladi. O‘zini ...
12 iyul 2017
Andijonda havo harorati ko‘tarilgan sayin odamlar favvoralar yoni va suv bo‘ylariga o‘zini urmoqda, ob havo darajasi haqidagi rasmiy ma'lumotlarga ...
29 dekabr 2015
Abdujamil Do‘stmuhammad Eltuz.com Yil so‘nggida sodir bo‘lgan voqealar va matbuotga sizdirilgan iddaolar shunday taxmin qilishga asos beradi. Keyingi kunlarda ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...