Asosiy mavzular
3 avgust 2020

O‘zbekiston o‘z imijini yaxshilash uchun lobbichi kompaniyaga 585 ming dollar to‘ladi

O‘zbekistonning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yangi kampaniyasi diqqat markazi mamlakatning paxtachilik sanoatini xalqaro boykot qilishga qarshi kurashishga qaratilgan, deya ma'lum qiladi yangi ochilgan lobbi hujjatlari. 

Markaziy Osiyo mamlakatining eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi aprel oyida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni ta'minlash uchun Vashingtondagi “Ksenofon strategiyalari” (Xenophon Strategies) piar kompaniyasini 585 ming dollar evaziga yolladi, deya xabar beradi Foreign Lobby Report.

Unda qayd etilishicha, shartnoma shartlariga agentlikning “Paxta kampaniyasi” deb atalmish boykotni (Cotton Campaign boycott) bekor qilishga qaratilgan sa'y-harakatlari bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi “ko‘mak xizmatlari” kiradi.

Ayniqsa, “Ksenofon” “O‘zbekiston uchun atrof-muhit, ijtimoiy soha va boshqaruv to‘g‘risida hisobot tayyorlash”, shuningdek, “hukumat islohotlari, xalqaro savdo-sotiq va iqtisodiy taraqqiyotga yo‘naltirilgan brendli reklama kampaniyasini” tashkil etishi xabar qilinmoqda. “Ksenofon” bu munosabatlarga javob qaytarmadi. O‘zbekiston bu firma uchun ilk xorijiy mijoz davlat hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev hukumati 2016 yilda diktator Islom Karimov vafotidan keyin qonun ustuvorligi va shaxs erkinliklarini tubdan yaxshilashni va'da qilganida push-PR paydo bo‘ldi. Sovet davridan beri mamlakatda hukmronlik qilgan paxta terimi tizimini isloh qilish eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Bu dunyodagi eng katta mavsumiy mehnat safarbarligi bo‘lib, mamlakat uzoq vaqtdan beri majburiy mehnatga tayanib kelmoqda. 

Paxta O‘zbekistonning daromad keltiradigan asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bo‘lib, mamlakatga yiliga 1 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi. Biroq 2006 yildan beri inson huquqlari tashkilotlari koalitsiyasi g‘arbdagi to‘qimachilik va kiyim-kechak korxonalariga o‘zbek paxtasini boykot qilish uchun bosim o‘tkazib, natijada mamlakatni arzon narxlardagi Osiyo bozorlariga chiqishga majbur qilmoqda. Kampaniya Vashingtondagi mehnat huquqlari bo‘yicha notijorat xalqaro forum tomonidan boshqariladi. 

So‘nggi oylarda boykotni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslikka oid munozaralar avj oldi. O‘zbekiston hukumati Mirziyoev 2018 yilda majburiy mehnatga barham berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan keyin o‘zining eski mehnat amaliyotini isloh qilishni davom ettirmoqda. O‘tgan yili AQSh Mehnat vazirligi “O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalarning majburiy mehnatidan foydalanish alohida holatlarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi”, degan qarorga keldi.

Rasmiy Toshkentning ta'kidlashicha, xalqaro bozorlarga chiqish barcha o‘zbekistonliklar hayotini yaxshilash va shu paytgacha amalga oshirilgan islohotlarni mustahkamlashga yordam beradi.

“Paxta boykotining bekor qilinishi zaruriy ish o‘rinlarini yaratish va KOVID-19 inqirozi davrida o‘zbeklarning iqtisodiy farovonligini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradigan muhim tadbirlardan biridir, – deb yozadi O‘zbekiston mehnat vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign ga aprel oyida yo‘llagan ochiq xatida. – Birgina to‘qimachilik sanoatida O‘zbekistonda 200 ming ishchi ishlaydi, ularning ish haqi bir million kishining hayotini ta'minlashga yordam beradi”.

Ammo boykot tarafdorlari fikricha, paxta terishga majburlangan ishchilar soni 1 milliondan oshadigan va ular o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlaydigan bir paytda boykotni to‘xtatib bo‘lmaydi. 

“Biz O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish yo‘lida erishgan tarixiy yutuqlarini tan olamiz va bundan xursandmiz. Shuningdek, a'zolar O‘zbekistondan paxta yetkazib berilishini ko‘rib chiqishlarini intiqlik bilan kutmoqda, – dedi aprel oyida Amerika kiyim va poyabzal uyushmasi katta vitse-prezidenti Neyt Herman Reuters agentligiga. – Biroq brendlarning majburiy mehnatga nisbatan nol chidamlilik siyosati, qullikka qarshi qonunchilik talablari va Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda 2019 yilgi paxta yig‘im-terimi paytida 100 mingdan ortiq odam majburiy mehnatga jalb qilinganini aniqlagani sababli brendlarga ishchilar himoyasi borasidagi qo‘shimcha kafolat zarur”.

“Ksenofon” tashkiloti Germaniyada joylashgan “Kometis” (Cometis) bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

10 may kuni “Kometis”ga hamkorlik doirasida 6000 dollar to‘langan. Bu kompaniyada kamida besh kishi ishlamoqda, ular orasida bosh direktor Maykl Diegelmann ham bor. Boykot kampaniyasining asosiy ishtirokchilaridan biri Berlinda joylashgan O‘zbekiston inson huquqlari forumidir (Uzbek Forum for Human Rights).

Maqola hukumatlar, kompaniyalar va xususiy shaxslarning ijro hokimiyati va jamoatchilik fikriga ta'sir etishga qaratilgan urinishlarini fosh etishga qaratilgan tadqiqotlarga ixtisoslashgan Foreign Lobby Report nashri tomonidan chop etilgan.

Tag‘in o‘qing
15 iyun 2016
15 iyundan 25 iyungacha, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan O‘zbekistonga odamlar, yuklar va transport vositalarining o‘tishi to‘xtatiladi. O‘sh viloyatining ...
1 iyun 2021
Toshkentlik faol Aleksey Garshin Shovvozsoyda Mirziyoev tegishli ekani aytiladigan dam olish maskani yaqinigacha yetib bordi. Bu Toshkent viloyatining Ugom-Chotqol ...
25 iyul 2016
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
26 oktyabr 2022
Ilgari “Kamolot” YoIH degan tashkilot bo‘lardi. Unda yoshlar, ularga pul yoki hech qanday imtiyoz bo‘lmasa ham, vatanparvarlikni namoyish qilib, ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...