Asosiy mavzular
5 avgust 2020

Kievda bankni portlatish bilan tahdid qilgan Suhrob Karimov hibsga olindi

Kiev markazida bankni portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston vatandoshi bir necha soat davomida muassasa direktorini garovda ushlab turganidan so‘ng hibsga olindi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashenko matbuotga bildirdi. 

Unga ko‘ra, 3 avgust kuni peshin paytida O‘zbekistonning 32 yoshli vatandoshi Suhrob Karimov bankka kelib, sumkasida bomba borligini aytgan va politsiyani chaqirishlarini talab qilgan. Mulozimning ta'kidlashicha, Karimov boshqa talablar qo‘ymagan. 

Suhrob Karimov agar u o‘ldirilsa, bomba portlashini aytgan. Matbuotda yozilishicha, portlovchi qurilma uning oyog‘iga sim bilan bog‘langan edi.

Karimovning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy xabarlariga ko‘ra, u ruhiy kasal bo‘lishi mumkin, deydi Gerashenko. «Eltuz»da Suhrob Karimov foydalangan ijtimoiy tarmoq skrinshotlari mavjud. Ularda Karimov “barchani o‘ldirish kerak”, deya tahdid qilgan. 

Hodisa Ukraina g‘arbiy mintaqasida kun bo‘yi garovga olinish voqeasidan ikki hafta o‘tgach sodir bo‘lib, ayrimlar ushbu holat jinoyatchilarni ilhomlantirishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda.

Ukraina «Universal» banki xodimi tush vaqtida politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Bogdan Xmelnitskiy ko‘chasi, 17/52-uydagi «Leonardo» biznes markazidagi filialda bir kishi bank xodimlariga bomba bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Bank xodimlari binoni tark etishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo filial rahbari ixtiyoriy ravishda bank ichida qoldi.

Shundan so‘ng politsiya gumonlanuvchini hibsga olish uchun maxsus operatsiyani boshlab, keyinroq xavfsizlik xizmati ushbu operatsiyani to‘liq nazoratga oldi.

Huquq-tartibot idoralari avval terrorchi bilan muzokara o‘tkazishga harakat qilishdi, chunki ular unda haqiqiy portlovchi modda borligiga amin emas edilar, deydi Gerashenko. Biroq muzokarachi uni chalg‘itayotgan paytda Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari gumondorni qo‘lga oldi, deya xabar beriladi «112» telekanalining xabarlarida:

“Terrorchi tiriklayin qo‘lga olindi. Portlash sodir bo‘lmadi. Bombani o‘chirish bo‘yicha mutaxassislar joyida ishlamoqda. Endilikda masala sudga oshirilib, uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlanadi”.

Keyingi bir oy ichida Ukrainada bankni o‘marishga bir nechta urinishlar bo‘lgan. Bu Ukrainadagi Rossiya interventsiyasi bilan bog‘liq kriminogen vaziat bilan izohlanadi. 

21 iyul kuni qurolli shaxs Kievdan 420 kilometr uzoqlikda joylashgan 212 ming kishilik Lutsk shahrida avtobusda 13 kishini garovga olgandi.

Agar rasmiylar uning talablarini bajarmasa, u avtobusni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Uning talablari yirik davlat idoralari rahbarlarini almashtirish va ko‘plab katta siyosatchilarni o‘zlarini terrorchi deb e'lon qilishga majburlashdan iborat edi.

Oradan ikki kun o‘tgach, 23 iyul kuni qo‘l granatasi bilan qurollangan bir kishi Kievdan 200 km sharqda joylashgan Poltava shahrida politsiyachini garovga oldi. Rasmiylar uni o‘rab olgach, hibsdan qochish uchun mashina talab qilgan. Politsiya unga itoat etdi va jinoyatchi yaqin atrofdagi o‘rmonga qochib ketdi.

Bir haftadan so‘ng, 1 avgust kuni u yana odamlarni garovga olib, granatani portlatib yuborgan paytda politsiya maxsus kuchlari tomonidan o‘ldirilgan. Garovga olinganlar orasida shikastlanganlar yo‘q.

Kievda 17 va 27 iyul kunlari qo‘lbola portlovchi moslamalar yordamida qator portlashlar sodir bo‘ldi. Shunga o‘xshash portlovchi moddalar 20-21 iyul kunlari Kiev atrofida topilgan va politsiya tomonidan nazorat qilinadigan muhitga joylashtirilgan. Ushbu portlovchi moddalarni yasashda gumon qilingan ikki kishi hibsga olingan.

Manba Kyiv Post

Tag‘in o‘qing
27 avgust 2019
Rasman e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadi. Markaziy bank raisiga ishonsak esa YaIM ...
4 dekabr 2018
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi sil kasalliklariga moyil bolalar maktab-internati tarbiyachisi Zulfiya Mavlonova internat direktori Nurilla Ro‘zimovning tarbiyalanuvchilarga nisbatan noinsoniy munosabatda ...
24 aprel 2023
Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ...
25 iyun 2020
Farg‘ona viloyatining Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida ipak qurti boqqan kam ta'minlangan oilalar Mehnat vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan va'da ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...