Asosiy mavzular
24 aprel 2023

Voyaga yetmagan qizning sazoyi qilinishi yuzasidan jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ismli faol sahifasidan olingan video e'lon qilingan edi. Unda kattaroq yoshdagi maktab o‘quvchisi kichikroq o‘quvchi qizni boshqa qizlar ko‘zi o‘ngida urib sazoyi qilayotgani va tiz cho‘kib kechirim so‘rashga majbur qilgani aks etgan.

Joriy yilning 13 aprel kuni taxminan soat 12.30 larda voyaga yetmagan, 2006 yilda tug‘ilgan H.S. va 2007 yilda tug‘ilgan D.U.lar Yangihayot tumani 8-hududdagi qurilishi tugallanmagan ob'ekt hududida jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani Ichki ishlar Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi ichki ishlar idorasi rasmiy munosabatida.

Madina Ismoilova xolat Toshkent shahridagi 331 maktabda sodir bo‘lgani, unga videoni ota onalar tashlab berganini bildirgan. «Afsuski, direktor va voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan inspektorlarning yordami ish bermaganidan keyin ota-onalar menga ushbu videolarni tashlab berishdi!  Kim bu narsaga chora ko‘radi? Qachon ota-onalar bolasi uchun xavotir olmaydi? Jamoatchilik mazkur voqealarga chora ko‘rishlarini so‘rashmoqda» deya yozgan edi. 

@eltuz

Tag‘in o‘qing
1 sentyabr 2021
Chatham House xalqaro munosabatlar siyosiy instituti Keyt Mellinson (Kate Mallinson)ning Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda kechayotgan vaziyatga oid tahliliy maqolasini ...
18 mart 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunyo Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
1 iyun 2018
Shvetsiyadan yurtiga qaytmoqchi bo‘lgan 58 yoshli o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan ...
26 yanvar 2022
EltuzTG January 26, 2022 25 yanvar kuni Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...