O‘zbekistonlik Lola Karimovaning Gollivud tepaligidagi villalari
Los-Anjelesda juda qimmatga baholangan uchta investitsiya ob'ekti bir vaqtning o‘zida sotuvga qo‘yildi. Hashamdor ko‘rinishdagi ushbu villalar 5,995 milliondan 6,495 million dollargacha bo‘lgan narxlarda taqdim etilgan. Ushbu uchta ob'ektning barchasi biznesmen Timur Tillaev va uning homiy rafiqasi, marhum diktator Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevaga tegishli.
Garchi Tillaev va Karimova 2014 yilda villalarni uchta alohida bitim bo‘yicha 16,1 million dollarga sotib olishgan bo‘lsa-da, aslida er-xotinlar u yerda umuman yashamagan. Buning o‘rniga ular Bird Street va «Sanset plaza (Sunset Plaza) yaqinidagi so‘nggi yillarda yuqori narxlarda ijaraga berilib kelingan uylarida yashashgan.
Taxminan 6,5 million dollarga baholangan eng qimmat mulk 2007 yildan 2014 yilgacha sobiq yulduz Reggi Bushga tegishli edi. Uch qavatli zamonaviy villada lift, kinoteatr, zanglamaydigan asboblar bilan jihozlangan oshxona va suzish havzasi mavjud. Ammo uning eng qimmatli xususiyati, shubhasiz, atrofdagi tepaliklar, butun Los-Anjelesning ko‘rinishi, Century City osmon chizig‘i va Tinch okeani manzaralari bilan bog‘liq.
Bird Street dagi taxminan 6,4 million dollar so‘ralgan ikkinchi uy g‘ayrioddiy marokashcha uslubda ta'mirlanib, atrium kirish joyi va qo‘lda o‘yilgan ajoyib parket polga ega.
Er-xotinlar uchinchi va eng arzon mulki uchun atigi 6 million dollar so‘rashdi. Garchi atrofi o‘ralib, 1960 yilda ta'mirdan chiqqan villa «Kitobni muqovasiga qarab baholamang» degan naqlga amal qilgan holda juda ko‘p qulayliklarni o‘z ichiga oladi.
Okean va Century City osmon chizig‘ining aniq ko‘rinishi namoyon bo‘ladigan orqa hovuzdan tashqari, zanglamaydigan jihozlarga to‘la oshxona bor, ochiq havoda barbekyu markazi va kamin o‘rnatilgan.
Garchi Gollivud tepaligidagi qimmatbaho mulklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishmasa-da, Tillaev va Karimova Beverli-Xillzdagi uyi bo‘lgan Le Palais da yashaydilar. Juftlik tomonidan 2013 yilda 33 million dollarga sotib olingan mulk yopiq basseyn, 200 o‘rinli katta auditoriya, 40 o‘rinli kinoteatr, o‘nlab mashinalar uchun yer osti garaji va massaj xonasini o‘z ichiga oladi.
Beverli-Xillz saroyi Karimovaning Los-Anjelesdagi Melrose Place bo‘limidagi eksklyuziv parfyumeriya do‘konidan sal narida joylashgan. Zamonaviy do‘kon «dunyodagi eng noyob va eng qimmat tabiiy ingredientlardan tashkil topgan» yuqori sifatli xushbo‘y atirlarni taqdim etadi.
Er-xotinning 90210 kodli uyi bo‘lsa ham bu juftlik portfoliosidagi eng qimmat mulk emas. Oila o‘z vaqtini Beverli-Xillz, Parij va Shveytsariya orasida o‘tkazadi.
Tillaev va Karimovaning ulkan boyligi manbasi, Abu Dabi va Shveytsariyadagi offshor hisob raqamlari, asosan, Islom Karimovning temir mushtlari paytida barpo etilgan, er-xotin egalik qilgan O‘zbekistondagi eng yirik bozor – «Abu Saxiy» bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2013-2014 yillar davomida juftlik ushbu biznesdan 127 million dollar daromad olgan.
Maqola ko‘chmas mulk bitimlariga ixtisoslashgan DIRT nashrida chop etilgan