Asosiy mavzular
23 noyabr 2020

Asalxoniy: Meni doim toptashgan

 “Eltuz” O‘zbekistondagi eng mashhur erotik bloger, Asalxoniy taxallusi bilan tanilgan 30 yoshli Asal Xo‘jaeva bilan suhbatlashdi. Suhbatdosh intim blogerlik va jinsiy xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishini aytdi.

– Endi fohishalik qilmayman. Ota-onamning oldida izza bo‘ldim. Qizim ham katta bo‘lib qolgan. Vaqti-soati kelib instagram sahifasidagi rasmlarimni ham o‘chiraman, – dedi Asal Xo‘jaeva. – Huquqlarim hech qachon qonun doirasida himoya qilinmagan. Har doim toptalganman, deb bilaman. Uyimga kelib, pul talab qilgan va menga jarohat yetkazgan yigitlarga ham hech qanday jazo qo‘llanmagan edi. Bundan tashqari, kuch tuzilmalari sha'nim toptalishi bilan bog‘liq o‘nlab ariza va shikoyatlarimni ko‘rib chiqmagan. Ayb esa doim mendan qidirilgan.

Foto: Asal Xo‘jaeva (Asalxoniy)

Shu yilning o‘zida Asalxoniy ikki marotaba Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga chaqirilib, rasman ogohlantirish berilgan. Hovuzda cho‘milgani holati aks etgan, turli kiyimlarda tushgan shaxsiy suratlarini e'lon qilgani uchun ogohlantirilgan. 

So‘ng butun xalqdan uzr so‘rattirilgan. (Masalaning ikkinchi tomoni bor –  uzr so‘rattirildi-yu, suratlarni profilidan  o‘chirish so‘ralmadi. Bu bilan biror narsa o‘zgardimi?)

Foto: Asal Xo‘jaeva (Asalxoniy)

-O‘zbek qonunchiligida voyaga yetgan fuqarolarga ijtimoiy tarmoqqa erotik rasm joylashga hech qanday taqiq qo‘yilmagan. Qolaversa, joylangan erotik rasm va videolar uchun javobgarlikka tortish kerakligi hech bir qonun hujjatida o‘z aksini topmagan. Fuqarodan xalqdan uzr so‘rattirish hech qaysi IIB xodimi vakolatiga kirmaydi”, deydi “Eltuz”ga bu haqda tushuntirish bergan huquqshunos.

Noyabr oyi boshida o‘zbek internet segmentida Asal Xo‘jaevaga bog‘liq yana bir voqea ovoza bo‘ldi. Bu gal unga bemahalda qo‘ng‘iroq qilgan erkak kishini haqoratlaganlik va suhbatni internetda e'lon qilib, uni obro‘sizlantirganlik aybi qo‘yildi.

Go‘yoki uni odobga chaqirib qo‘yish maqsadida qo‘ng‘iroq qilgan navbatdagi mijoz – kasbi sartarosh bo‘lgan 30 yoshli Murodjon Abdullaevga Asalxoniy “200 dollar puling bo‘lsa kel. Bo‘lmasa…”, deb so‘kinib ketadi. Voqea 31 oktyabr kechki vaqt bo‘lgan.

Murodjon Abdullaev (Ijtimoiy tarmoqdan)

– Kamiga bu muloqotimizni o‘zining instagramdagi shaxsiy sahifasiga joylab, nomerimga qo‘shib ommaga namoyish etganini hazm qilolmadim. Olib tashla, desam ham olmadi. So‘ng IIVga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldim, – deydi jabrlanuvchi Murodjon Abdullaev.

Ushbu ish Mirzo Ulug‘bek tumani ma'muriy sudida ko‘rib chiqilib, Asal Xo‘jaeva Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida shaxsni qasddan kamsitish, haqorat qilish, mayda bezorilik bo‘yicha 5 sutka ma'muriy javobgarlikka tortildi. 

Ikki kun o‘tmasdan kassatsiya tartibidagi sudda Asal Xo‘jaevaning voyaga yetmagan (10 yoshli) farzandi borligi va qilmishidan pushaymon ekani inobatga olinib, muddatdan oldin ozod etildi.

Asalxoniy ozod etilgan kundan yana ijtimoiy tarmoqda chiqishlar qila boshladi. Uning ozodlikka chiqqanini eshitgan olomon Asalxoniyni haqorat qilishga tushdi. Unga qo‘shib sudyalaru o‘zbek qonunchiligi ham qolmadi. Asalxoniyning eski video, audio va rasmlari internetda aylana boshladi va u ayovsiz sazoyi qilindi.

“Eltuz” muxbiri Asalxoniy bilan telefon orqali bog‘langanda, u kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. 

– Bankda saqlab qo‘ygan pulim bor. Uni aylantirib, birorta tadbirkorlik ishini boshlashim mumkin. Toshkent shahrida ijaraga berib qo‘yilgan go‘zallik salonim bor. Balki uni o‘zim yuritarman. Xorijga chiqib ketmayman, deb yaqinlarimga so‘z berganman. Ammo shunaqa ta'qiblar, tazyiq va ommaviy sazoyilar bo‘laversa, Qozog‘iston yoki Rossiyaga ketishim mumkin”, dedi Asal Xo‘jaeva.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 mart 2019
O‘tgan 2018 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jami 726 mln dollar pul o‘tkazilgan. Uning 200 million dollari Rossiya fuqarolari, ...
8 may 2024
Eltuz nashri MTRKning «Sport» kanali direktori Zohid Karimovni fosh etuvchi maqoladan keyin milliy televidenie xodimlaridan kelgan murojaatlarni muntazam ravishda e'lon qilib ...
15 noyabr 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
29 iyun 2021
O‘z joniga qasd qilganlikda gumonlanayotgan 26 yoshli Maftuna Azimova 30 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani shifoxonasida vafot etdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...