Asosiy mavzular
1 sentyabr 2021

Afg‘oniston Markaziy Osiyo uchun murakkab vaziyatni yaratadi

Chatham House xalqaro munosabatlar siyosiy instituti Keyt Mellinson (Kate Mallinson)ning Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda kechayotgan vaziyatga oid tahliliy maqolasini chop etdi.

G‘arbdan farqli o‘laroq, Markaziy Osiyo davlatlari bir necha yillardan buyon «Tolibon»ning qo‘shni Afg‘onistonga qaytishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, diplomatik aloqalarini mustahkamlamoqda va ichki xavfsizlikni kuchaytirmoqda, lekin «Tolibon»ning hokimiyatni egallashi katta muammolar yaratdi, deya yozadi maqola muallifi.

Afg‘onistondagi vaziyatning mavhumligi va «Tolibon»ning ekstremizm eksportini bartaraf etish bo‘yicha Moskvaga bergan xavfsizlik kafolatlari qanchalik ishonchli ekani xavotirga soladi, lekin Rossiya mintaqadagi xavfsizlik masalasida, mintaqa istagidan qat'i nazar, AQShning sharafsiz chekinishi va befarqligidan o‘z ishtirokini kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda.

Markaziy Osiyo hukumatlari bu sub'ektlarga nisbatan o‘z harakatlari va munosabatlariga ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak, chunki so‘nggi 20 yil ichida Rossiya va hatto AQSh xavfsizlik muammolarini bo‘rttirib ko‘rsatganiga qaramay, Markaziy Osiyo uchun haqiqiy xavflar mavjudligi shubhasiz, deyiladi maqolada.

Afg‘oniston inqirozi aholining katta qismini islomning ekstremistik shakllariga nisbatan zaiflashtiradi, «Tolibon»ning jihodchilik mafkurasi esa mahalliy islomiy guruhlarni mintaqada faol harakatlar olib borishiga ilhomlantirishi mumkin. Shunday holat 90-yillarda yuz bergan, afg‘on mujohidlari tashviqoti Markaziy Osiyo bo‘ylab keng tarqalgan edi.

Mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid

Afg‘oniston hududi Turkiston islomiy harakati kabi xalqaro terror va diniy ekstremistik tashkilotlar markaziga aylanib, mintaqa mamlakatlari xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy xatar uyg‘otmoqda. Mintaqa davlatlari ruxsat etilmagan diniy harakatlarni bostirish uchun kurash olib borarkan, ularning ichki vaziyatlari qaltislashmoqda, chunki bu harakatlar borgan sari yashirin va siyosiy yo‘lga o‘tishmoqda.

Maqola muallifiga ko‘ra, toliblarning so‘nggi bor hokimiyatni olguniga qadar harbiy kuchlarni qo‘llab kelgan «Shimoliy alyans» harbiy ittifoqi buferisiz Afg‘onistondagi jangari islomiy kuchlar bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari uchun o‘ta xavflidir.

«Tolibon»ning yaqinda qo‘lga kiritgan g‘alabasi va ekspansiyasida ularning kurashiga borib qo‘shilgan huquqlari cheklangan etnik ozchiliklar, jumladan, o‘zbeklar va tojiklarning xizmatlari katta. Ashraf G‘ani hukumati Markaziy Osiyoning qator hukumatlari tinchini bermayotgan sabablar –  qonunlarning ishlamasligi, korruptsiya, dinchilikning kuchayishi va aholining huquqsizligi bois ag‘darildi.

Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda haqsizlik va avj olgan korruptsiya bilan to‘qnash kelayotgan yosh avlod o‘z hukumatlari boshqaruviga shubha bilan qaramoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoev davrida ular ko‘proq diniy erkinliklarga ega bo‘lishdi.

Aholining bu qatlami orasida Vladimir Putinning ham, «Tolibon»ning ham kuchli boshqaruvini qo‘llab- quvvatlovchilar ko‘paymoqda, shuning uchun agar ekstremistik kuchlar mamlakatga kirib kelsa, ular uchun bu yerda unumli zamin topiladi.

Ammo, maqola muallifiga ko‘ra, Markaziy Osiyoning «Tolibon»ga umumiy munosabati ancha murakkab, chunki mintaqadagi dunyoqarashlar mutlaqo bir xil emas. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon toliblar bilan munosabatlarga kirishmayapti va agar Afg‘onistondagi etnik tojik va boshqa ozchiliklar manfaati kamsitiladigan bo‘lsa, Dushanbe Kobuldagi yangi hukumatni tan olmasligidan ogohlantirmoqda. 

Bu orada «Tolibon» vakillari Turkmaniston rasmiylarini Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonni bog‘lovchi quvur yotqizish ishlarini nihoyasiga yetkazishga ishontirishmoqda, garchi haqiqatda bunga ishonish qiyin.

O‘zbekiston 2016 yili prezident Shavkat Mirziyoev hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng diplomatik va tijorat ishlarida ehtiyotkor bo‘lishga intilmoqda. Yangi iqtisodiyot, savdo imkoniyatlari va qisqaroq yo‘llar bilan dengizga chiqishni ko‘zlab Afg‘oniston bilan munosabatlarni kengaytirmoqda.

Rossiyaga qaramlikning ortishi

Markaziy Osiyo mamlakatlari munosabatlaridagi tafovutlar ularni faqat Rossiyaga, u va Xitoy boshqarayotgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga orqa qilishiga majbur qiladi. Garchi O‘zbekiston KXShTga a'zo bo‘lmasa-da, tashkilot faoliyatida qatnashadi va mintaqadagi vaziyat sezilarli yomonlashadigan bo‘lsa, unga qo‘shilishi ham mumkin.   

Sovet zamonlaridan buyon go‘yoki o‘zini Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi kafolati sanovchi Rossiya an'anaviy tarzda o‘zining janubiy qo‘shnilari infratuzilmalaridagi ishtirokini kuchaytirish uchun  xavfsizlik tahdidini bo‘rttirib ko‘rsatib keladi. Endi esa u tag‘in harbiy muskullarini ko‘z-ko‘z qilib, mintaqaga kirish uchun keng miqyosda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.  

Biroq, maqola muallifiga ko‘ra, hatto Rossiyaning harbiy qudrati ham oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan ekstremistik guruhlarning assimetrik urushlarini to‘xtata olmaydi, uning mintaqadagi harbiy faolligi esa Rossiyaning Shimoliy Kavkazdagi islomiy ekstremizm bilan to‘qnashuvlari va Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga tahdidlari fonida mintaqaga faqat xavf soladi.   

AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi bilan katta bir vakuum yaratdiki, bu bo‘shliqni uning ikki asosiy raqibi Xitoy va, ayniqsa, Rossiya quvonch bilan mumkin qadar to‘ldirishga intilmoqda.

Bu ikki davlatning mintaqadagi xavfsizlik va giyohvandlik moddalari savdosidagi noshaffof aralashuvi, AQSh hamkorligi va yordamlarining yangilanishini qiyinlashtiradi. Ayniqsa, Rossiya AQShni Markaziy Osiyoga yaqinlashtirmaslikka bor kuchi bilan harakat qiladi.

Markaziy Osiyo davlatlari duch kelayotgan xavfsizlik muammolari, Turkmaniston va O‘zbekistonning jangari ekstremistlar kirishidan qo‘rqib, qochqinlarni qabul qilmayotganida ham ko‘rinadi.

Bu davlatlar hukumatlari yaqinda paydo bo‘lgan janubiy qo‘shnilari bilan nazorat qilinmaydigan qurollar tarqalishi, ekstremizm eksporti, giyohvandlik moddalari savdosi va terrorchilik xavfining kuchayishi masalalarida nozik munosabat olib borishlariga to‘g‘ri keladi.

Biroq bu hozirgi kunda rasman mintaqadagi taqiqlangan terrorchilik harakati bo‘lgan «Tolibon»ni u hukumat tashkil etishi bilanoq tan olinganini anglatadi. Lekin bu hukumatga mamlakatdagi turli etnik va siyosiy kuchlarning kirish kirmasligi noma'lumligicha qolmoqda.    

Markaziy Osiyo davlatlari «Tolibon» va uning o‘z mamlakatlariga ta'siridan qo‘rqishlari mumkin, biroq o‘zlarining Afg‘onistonga yaqinliklaridan kelib chiqib, qay shaklda bo‘lmasin, ular bilan ham, Rossiya bilan ham hamkorlik qilish yo‘llarini izlashga urinishlari kerak.  

Tag‘in o‘qing
6 sentyabr 2023
2023 yil 3 avgust kuni “Indorama Agro” kompaniyasida inson huquqlari buzilishi va yerlarning noqonuniy tortib olinayotgani yuzasidan O‘zbekiston inson ...
13 fevral 2018
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi. O‘zbekiston ...
28 aprel 2017
Toshkent propiskasiga kirish uchun rasmiy ro‘yhatdagi hujjatlarni yig‘ishga vaqtincha poytaxtda bo‘lish muddati ham yetmasligi haqidagi maqolani chop etgan Kun.uz ...
12 noyabr 2018
Bugungi kunda o‘z maxsulotini mamlakat ichida muvaffaqaiyatli sotayotgan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKsi o‘z brendini turk kompaniyasiga boy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...