Asosiy mavzular
18 aprel 2022

O‘quvchiga ariq suvi ichirib, nok bargi yedirgan o‘qituvchiga “chora ko‘rildi”

Andijon viloyat, Izboskan tumani Lug‘umbek qishlog‘idagi 25-maktabda geografiya fani o‘qituvchisi darsga kech qolib kelgan 6-sinf o‘quvchisiga 2 litr ariq suvini majburlab ichirgan. Bu ham yetmaganday, nok daraxtining bargini majburlab yedirgan. Bir soat ichida bolaning sog‘ligi yomonlashadi va viloyat kasalxonasiga yotqiziladi. Bu haqda ayni maktab o‘qituvchisi 15 aprel kuni Eltuzga bildirgan.

Eltuz telegram kanalida bu haqdagi xabar chiqqanidan keyin ertasi kuni ayni voqeani shu maktab direktori Abulxafiz Abdullaev tasdiqladi.

“Men  o‘sha  siz aytgan 25  maktab  direktori  Abdulxafiz  Abdullaevman. Siz  aytgan  voqea  ya'ni  kech qolgan  o‘quvchiga  suv  ichirish  yosh  o‘qituvchi  tomonidan  amalga oshirilgan. O‘sha vaqtning  o‘zida o‘quvchi  tibbiy  ko‘rikdan o‘tkazildi. Ertasiga tuman markaziy  poliklinikasida  yana qayta  tibbiy kurikdan  o‘tkazildi. O‘qituvchiga  esa  intizomiy  chora kurildi  va  bundan  keyin  o‘quvchini  jazolamasligi  haqida ogohlantirildi” deya izoh berdi 25-son maktab direktori Abulxafiz Abdullaev telegram kanali orqali.

Ayni paytda, tarmoqda darsga kech qolgan o‘qiuvchini g‘ayriinsoniy jazolagan o‘qituvchiga ko‘rilgan “intizomiy chora» – ya'ni bundan keyin o‘quvchini jazolamaslik haqida ogohlantirish berilishi mutlaqo adolatdan emasligi aytilmoqda.

Bundan roppa-rosa 1 yil oldin xuddi shu maktabda 7-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ygan edi. Shu o‘rinda maktab direktori Abdulxafiz Abdullaevning deputat ekanligini ham aytib o‘tish joiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 mart 2023
2015 yilning 23 martida Singapurning davlat boshqaruvining korruptsiyadan xoli shaklini yaratgan lideri Li Kuan Yu 92 yoshida vafot etdi. ...
4 sentyabr 2017
O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Muhammad Solihning o‘zi Eltuz muxbiriga aytib berdi. Solihga ...
14 sentyabr 2018
«O‘zbekiston 24» kanalining kiyinish madaniyati «tanqid qilingan» 12 sentyabr kungi «Xalqaro Press klub» ko‘rsatuvida TV jurnalistlarining o‘zlari etika qoidalarini ...
26 may 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (24.05) «Kasbingizga sadoqatlimisiz?» sarlavhali maqolada marhum prezident Islom Karimovga sadiqligini bildirib, horijga chiqib ish izlayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...