Asosiy mavzular
25 yanvar 2023

Germaniyada O‘zbekistonga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan inson huquqlariga oid qonun qabul qilindi

Yil boshida Germaniyada kompaniyalar faoliyati va ularning inson huquqlari hamda atrof-muhit uchun oqibatlari bilan bog‘liq yangi qonun kuchga kirdi. Bu qonun nemis kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyatiga va nemis kompaniyalari bilan ish olib borayotgan o‘zbek kompaniyalariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu videoda men qonun va uning oqibatlarini qisqacha bayon qilaman.

Men haqimda qisqacha: Mening ismim Xolger Xembax. Men Germaniyada huquqshunosman va kompaniyalarga biznes va inson huquqlari masalalari bo‘yicha maslahat beraman.

2023 yilning 1 yanvarida Germaniyada «Ta'minot zanjiri majburiyatlari to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. U muayyan kompaniyalarga inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish majburiyatlarini yuklaydi. Asosiy e'tibor inson huquqlariga qaratilgan.

Qonun 2 bosqichda kiritiladi. U 2023 yil 1 yanvardan Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan, Germaniyada 3000 dan ortiq xodimi bo‘lgan kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu Germaniyada filiali bo‘lgan va 3000 nafardan ortiq kishini ish bilan ta'minlaydigan xorijiy kompaniyalarga ham tegishli.

2024 yil 1 yanvardan qonunda nazarda tutilgan kompaniyalar guruhi kengaytiriladi. Germaniyada 1000 kishini ish bilan ta'minlaydigan kompaniyalar allaqachon qamrab olinadi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, qonun Germaniyadan tashqaridagi kompaniyalarga, shu jumladan qonunda ko‘rsatilganidan kamroq ishchilar ishlaydigan kompaniyalarga ham ta'sir qiladi.

Buning sababi, «Ta'minot zanjiri majburiyatlari to‘g‘risida»gi qonun kompaniyalardan o‘zlarining biznes faoliyatida va bevosita yetkazib beruvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun choralar ko‘rishni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, kompaniyalar nafaqat inson huquqlari bo‘yicha ma'lum standartlarga rioya qilishlarini ta'minlashlari kerak. Ular, shuningdek, o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchilari ham xuddi shunday qilishlarini ta'minlashlari kerak bo‘ladi. Bu yetkazib beruvchilar qaysi mamlakatda joylashganidan qat'iy nazar amal qiladi, ya'ni O‘zbekistondan yetkazib beruvchilarga ham tegishli.

Shuning uchun, qonun bilan qamrab olingan nemis kompaniyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchilar, nemis kompaniyasi sizdan ma'lum choralar va kafolatlarni talab qilishiga o‘zingizini tayyorlashingiz kerak.

Ammo qonunning boshqa jihatlari ham bor: Nemis kompaniyalari nafaqat o‘z kompaniyalarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchilarda inson huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi. Shuningdek, ular o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchilarini ushbu majburiyatlarni ularga mahsulot yetkazib beruvchilardan talab qilishga majbur qiladi. Misol: Nemis kompaniyasida 3000 nafardan ortiq xodim ishlaydi. Shuning uchun u «Ta'minot zanjiri majburiyatlari to‘g‘risida»gi qonun bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi kerak. Uning yetkazib beruvchi hamkor kompaniyasi Turkiyada joylashgan. Avvalambor nemis kompaniyasi o‘z faoliyatida inson huquqlari buzilishi xavfi bor-yo‘qligini tekshiradi. Bundan tashqari, u Turkiyadagi yetkazib beruvchi kompaniyaga borib, shunday deydi: «Iltimos, kompaniyangizda inson huquqlari buzilishining qanday xavfi borligini ayting». Shartnomada bizni inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun choralar ko‘rishingizga ishontiring. Shuningdek, siz yetkazib beruvchilaringizdan ushbu choralarni talab qilishingiz kerak. Va keyin, masalan, turk shirkati O‘zbekistondagi yetkazib beruvchisiga borib: “Bizni paxta yetishtirishda inson huquqlari buzilishi yo‘qligiga ishontirishingiz kerak”, deydi. Va biz buni ta'minlash uchun muayyan choralar ko‘rishingizni xohlaymiz. Keyin esa O‘zbekistondagi kompaniya shu talablarga duch keladi.

Bu shuni anglatadiki, Germaniya qonunchiligi nemis kompaniyasi bilan bog‘liq ta'minot zanjirining istalgan joyida joylashgan barcha kompaniyalar uchun qonun qo‘llaniladigan ta'sirga ega.

Avvalroq qonun kompaniyalarni inson huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishga majbur qilishini aytgan edim. Bu o‘rinda savol tug‘iladi: bu yerda qanday inson huquqlari haqida gapirayapmiz? Inson huquqlari juda keng tushunchadir. Qonun bu muammoni qonun bilan himoyalanadigan inson huquqlarini sanab o‘tish orqali hal qiladi. Bu inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro inson huquqlari kelishuvlaridan olingan. Demak, biz qandaydir tushunarsiz narsalar haqida emas, balki umuminsoniy e'tirof etilgan inson huquqlari haqida gapiramiz.

Bu yerda ularning hammasini sanab o‘ta olmayman, lekin eng muhimlari: bolalar mehnatini ta'qiqlash, qullik va majburiy mehnatni ta'qiqlash, kasaba uyushmasi tuzish, kasaba uyushmalariga a'zo bo‘lish va kasaba uyushmalari faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi, diskriminatsiyani ta'qiqlash, noqonuniy ko‘chirishni ta'qiqlash va adolatli ish haqi olish huquqi.

Bunga erishish uchun kompaniyalar endilikda nima qilishlari kerak? Kompaniyalar oldida muhim bir mas'uliyat mavjud: ular xavf tahlilini o‘tkazishlari kerak. Ya'ni, ular dunyoning qaerida ishlashlari, yetkazib beruvchilari qaysi mamlakatlarda joylashganligi, ular qanday mahsulotlar ishlab chiqarishlari va qanday mahsulotlar bilan ta'minlanganligi haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Va shunga asoslanib, ularning faoliyati inson huquqlariga qanday xavf tug‘dirishini baholashingiz kerak. Va, bir tomondan, bu ishtirok etadigan mahsulotlar bilan bog‘liq. Ba'zi mahsulotlar bilan inson huquqlarini buzish xavfi yuqori. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida texnologiya sohasiga qaraganda majburiy yoki bolalar mehnati ko‘proq uchraydi.

Va yana bir omil – bu mintaqa. Inson huquqlari buzilishining ayrim shakllari ba'zi hududlarda boshqalarga qaraganda tez-tez uchraydi. Albatta, bu haqda hech qanday illyuziyaga berilmaslik kerak: inson huquqlarining buzilishi hamma joyda sodir bo‘ladi va, albatta, bir mamlakat boshqasidan yaxshiroq deb aytish mumkin emas. Gap bunda emas, aslida. Bu mamlakatlar yoki mintaqalarning axloqiy bahosi haqida emas. Gap shundaki, statistik ma'lumotlarga ko‘ra, ma'lum bir mamlakatlarda bu ko‘proq sodir bo‘ladi. Va ushbu statistik chastotaga asoslanib, kompaniyalar o‘zlarining xavflarini baholashlari mumkin.

Shunday qilib, kompaniyalar birinchi navbatda o‘z faoliyatining xatarlari haqida umumiy ma'lumot oladilar. Va keyin ular qaysi xavflar ko‘proq muhim yoki katta ekanligini ko‘rib chiqishadi. Va ularning atrofida ular shunga qarab yaqinlashadi. Shu yo‘sinda ular aniq ma'noda xavf qanday ko‘rinishi haqida aniqroq ma'lumot olishga harakat qilishadi.

O‘z-o‘zini oshkor qilish so‘rovnomalari buning muhim qismidir. Boshqacha aytganda, nemis kompaniyalari so‘rovnomalarni yuborishadi. Va yetkazib beruvchilar ushbu so‘rovnomalar bo‘yicha ma'lum xavflar ular bilan qanday bog‘liqligi va ushbu xavflarga qarshi kurashish uchun qanday choralar ko‘rayotgani haqida ma'lumot berishlari kerak. Demak, nemis kompaniyalari bilan ish olib boruvchi yoki nemis kompaniyasining ta'minot tarmog‘ida bo‘lgan o‘zbek kompaniyalari tez orada bunday so‘rovnomalarni olishlari mumkin.

Bundan tashqari, kompaniyalar «Ta'minot zanjiri majburiyatlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq profilaktika choralarini ko‘rishlari kerak. Ya'ni, inson huquqlari buzilishining oldini olish uchun nimadir qilishlari kerak. Birinchidan, ular xavflarni tahlil qiladilar, ya'ni xavf nimada ekanligini aniqlashadi. Keyin ular xavfning oldini olish uchun nima qilishlari mumkinligini ko‘rib chiqishadi. Bu aynan profilaktika choralaridir.

Va profilaktika choralarining muhim namunasi – bu mashg‘ulot-treninglar. Boshqacha qilib aytganda, qonun nemis kompaniyasi o‘z yetkazib beruvchilari uchun trening o‘tishni ta'minlashi shartligini nazarda tutadi. Masalan, bolalar mehnatini aniqlash va unga qarshi nima qilish kerakligi haqida trening. Masalan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish; masalan, huquqiy nuqtai nazardan majburiy mehnat nima ekanligini va o‘z korxonasida majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olishni o‘rganish.

Bu O‘zbekistondagi kompaniyalar uchun shunday ma'noni anglatadi: Ehtimol endilikda nemis kompaniyasi o‘zbekistonlik biznes hamkorlariga “Sizlarga treninglar o‘tib berishni istar edik” deyishi mumkin.

Qonunda ko‘zda tutilgan yana bir profilaktik chora – xulq-atvor kodeksi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, nemis kompaniyalari o‘z yetkazib beruvchilaridan inson huquqlari va atrof-muhit nuqtai nazaridan nimani kutishlarini ko‘rsatadigan hujjatlar. Masalan, biz yetkazib beruvchilarimizdan bolalar mehnatini ta'qiqlash qoidalariga rioya qilishlarini va ularning ta'minot zanjirida ham bajarilishini ta'minlashini kutamiz, deyiladi. Biz yetkazib beruvchilarimizdan o‘z kompaniyalaridagi kasaba uyushmalari erkinligini hurmat qilishlarini va butun ta'minot zanjirida buni ta'minlashlarini kutamiz.

Keyin kompaniyalar o‘z yetkazib beruvchilaridan ushbu standartlarga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlashlarini talab qilishadi. Bu turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan, umumiy xarid shartlarida yoki shartnomalarda xulq-atvor to‘g‘risidagi ushbu kodeksga havola bo‘lishi mumkin. Shakl aslida muhim emas. Qanday bo‘lmasin, kompaniyalar shartnoma asosida o‘z yetkazib beruvchilarini inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish standartlarini kafolatlashga majbur qilishadi. Va o‘z navbatida ular o‘zlarining yetkazib beruvchilaridan ham bu shartlarni bajarilishini talab qilishlari kerak bo‘ladi.

Yana bir muhim jihat shundaki, «Ta'minot zanjiri majburiyatlari to‘g‘risida»gi qonun kompaniyalardan shikoyat qilish tartibini belgilashni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, odamlar o‘z huquqlari buzilganidan shikoyat qilishlari mumkin bo‘lgan kanal bo‘lishi kerak. Agar kimdir nemis kompaniyasining tijorat faoliyati bilan bog‘liq holda inson huquqlari buzilgan deb hisoblasa, buni nemis kompaniyasining e'tiboriga yetkazishi kerak. Buning uchun turli xil usullar mavjud. Ko‘pgina nemis kompaniyalari buning uchun maxsus veb-saytlarga ega bo‘lib, u yerda siz anonim tarzda shikoyat qilishingiz mumkin. Ishonch telefonlari yoki ikkalasi ham mavjud kompaniyalar ham bor.

Shikoyat qilish tartibini o‘rnatish majburiyati butun ta'minot zanjiri bo‘ylab joriy qilinadi. Bu shuni anglatadiki, barcha yetkazib beruvchilarda shikoyat qilish uchun shunday vosita bo‘lishi kerak. Va jabrlanuvchilar yetkazib beruvchining xatti-harakati haqida ham shikoyat qilishlari mumkin. Masalan, agar kimdir O‘zbekistondagi nemis kompaniyasining ta'minot tarmog‘iga kiruvchi kompaniyada ishlasa va ular o‘z kompaniyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha zarur me'yorlarga rioya qilmayotganini aniqlasa, ular nemis kompaniyasiga shikoyat qilish tartibi orqali shikoyat qilishlari mumkin. Keyin nemis kompaniyasi chora ko‘rishga majbur. Ya'ni, masalan, O‘zbekistondagi kompaniya bilan bog‘lanib, mehnat muhofazasini ta'minlashni so‘raydi.

Bular ta'minot zanjiri to‘g‘risidagi yangi qonunning asosiy nuqtalaridan biri edi. Agar sizda bu borada savollaringiz bo‘lsa yoki maslahat olmoqchi bo‘lsangiz, men bilan bog‘lanishingiz mumkin. Video ostida mening veb-saytim va aloqa ma'lumotlarimni topishingiz mumkin. Sizga katta rahmat va keyingi safar ko‘rishguncha.

Xolger Xembax,

Germaniyalik huquqshunos

Tag‘in o‘qing
22 oktyabr 2020
Payshanba kuni Qashqadaryo viloyatida Enter Engineering kompaniyasining g‘alayon ko‘targan xodimlari bilan suhbatlashgan G‘uzor tumani hokimi Behzod Suyunov katta kontsert ...
16 aprel 2018
Prezident Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryoda o‘tkazgan yig‘ilishida atrofidagi laganbardorlik, ko‘zbo‘yamachiliklar joniga tekkanini bildirib, «yuragida juda katta armon-azob bor»ligini ...
2 avgust 2021
Separatizm deya talqin qilingan virtual chiqishlari va o‘zbek lotin yozuvi joriy qilinishi bo‘yicha mavjud qonunlarga qarshiligi ortidan nazoratga olingan ...
15 fevral 2022
Eltuzga 10 fevral kuni tasvirga olib yuborilgan videoda Qashqadaryo viloyatning Qamashi tumani Tolli qishlog‘ining loyli ko‘chalari aks etgan. «Shu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...