Catira
2 may 2023

O‘zbekiston Rossiya tajovuziga qarshi rezolyutsiyani qo‘llab quvvatlamadi

BMT Bosh Assambleyasi BMT va Yevropa Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiyani qo‘llab, Xitoy, Armaniston, Braziliya, Qozog‘iston va boshqalar dohil 122 davlat ovoz berdi. Rezolyutsiyada Rossiya tajovuzkor davlat sifatida qayd etilgan. 

O‘zbekiston esa har doimgidek, ovoz berishdan tiyildi. Avvalroq O‘zbekiston BMTga a'zo yetakchi davlatlar tomonidan qo‘llab quvvatlangan Ukrainaga Rossiyaning bostirib kirishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga ham ovoz bermagan edi. 

O‘tgan yilning martida esa BMTga a'zo 193 davlatdan 141 tasi Rossiyadan Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qildi.

BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga bosqini qoralangan hamda Moskvadan o‘z qurolli kuchlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketish talab qilingan rezolyutsiyani ma'qulladi. O‘shanda ham O‘zbekiston ovoz berishga qatnashmagan edi.

Shuningdek O‘zbekiston Rossiyaning BMT inson huquqlari Kengashidan chetlatilishiga qarshi ovoz bergan edi. Bundan ham ancha ilgari 2017 yilning noyabrida O‘zbekiston BMTning Qrimga nisbatan 75 davlat tomonidan qo‘llab quvvatlagan Rossiya siyosatini qoralovchi rezolyutsiyasi loyihasiga qarshi ovoz bergan edi.

@rassomtuz

Tag‘in o‘qing
20 noyabr 2018
«O‘zbekkontsert» birlashmasi «uyatsiz» klip bois Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini olib qo‘ydi.  Rassom Tuz Eltuz.com
11 aprel 2020
10 aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunda prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuni ...
29 noyabr 2017
28 noyabr kuni O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri 61 yoshli Galina Saidova hamda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri 57 yoshli Elyor G‘aniev ...
31 may 2017
19 may kuni prezident Mirziyoev Buxoroda erkin sayyohlik zonasini yaratish qarorini tasdiqladi. 2980-sonli qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy banki mas'ul ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...