Asosiy mavzular
11 may 2023

Do‘koni buzilganlar, yeri tortib olinganlar va kreditni qaytarishni talab qilayotgan bankirlar – EP75

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari dan kelgan. Dastlabki maktub Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidan kelgan. Do‘koni buzib tashlangan tadbirkor yozmoqda. Xatni o‘qiymiz.

«Men – Doniyorbek Qodirov, Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Sho‘r qishlog‘ida yashayman. Men hokim farmoyishiga binonan Buvayda tumani O‘rta Qo‘ng‘irot MFY hududidagi bo‘sh yer maydonida ekodo‘kon va ziyo maskani qurishni boshladim. Ammo 2023 yil 1 may kuni Buvayda tumani hokimi buyrug‘i bilan hokim o‘rinbosari, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, O‘rta Qo‘ng‘irot MFY raisi va shu mahallada yashovchi fuqarolar sud qarorisiz yo tegishli ruxsatnomasiz qurilish qilayotgan binoimni buzib, asbob-uskunalarim, qurilish mollarimni yo‘q qilishgan. Meni ogohlantirmay, yo‘qligimdan foydalanishgan. Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari o‘sha yerda bo‘lib, qonuniy chora qo‘llamagan, aksincha, ular bemalol buzishi uchun sharoit yaratib bergan. Men 2-guruh nogironiman. Tuman hokimining kuchi menga yetyaptimi? Prezidentimizdan meni va haq-huquqlarimni himoya qilishini so‘rayman.

Keyingi maktub Samarqanddan yeri tortib olingan bir guruh dehqonlar arz qilishmoqda.

«Samarqand tumani Andijon mahallasidan murojaat yo‘llamoqdamiz. 17 nafar dehqonni ogohlantirmay, yerimizni olib qo‘yib, kimoshida sotishdi. Vaholanki, bu yerlarda 50-60 yillardan beri ota-bobolarimiz ishlab kelgan, keyin biz foydalanayotgandik. Bug‘doyzorlar traktorda haydab yuborildi. Uzumzorlarimizni ham bo‘sh yer deb auktsionga qo‘yishgan. Vakolatli idoralardan mulkiy huquqlarimizni himoya qilishlarini so‘raymiz».

Navbatdagi maktub Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan. Dam olish kunlari kredit undirish uchun kelayotgan bank xodimlari ustidan yozilgan.

«Xalq banki»ning Samarqand viloyati Ishtixon tumani filialidan yozmoqdamiz. Filial rahbari  xodimlarni dam olish kunlari ham kredit undirishga jalb qilmoqda. Bu mehnat qonunchiligini ochiq buzish-ku! Yana bir masala. Filial rahbari avvalroq Jinoyat kodeksining 167-, 168- va 209-moddalarida aybdor deb topilgan va ikki yil muddatga bank tizimida moddiy va mansabdorlik  lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan edi. Uning filial rahbari bo‘lishi qonuniymi?»

Keyingi maktub ham Samarqanddan. 15 kundan buyon ekanlariga suv quya olmagan Kattaqo‘rg‘onning Nayman mahallasi turg‘unlari yozmoqda. 

«Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Nayman MFYdan murojaat yo‘llayapmiz. Hududimizdagi qishloqlarga 15 kundan buyon suv kelmayapti. Ariqlar qurib ketgan. Qishloqlarimiz asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechiradi. Ekinlar og‘ir holatga tushib qolgan. Suv ta'minotida amaliy yordam so‘raymiz».

Va nihoyat so‘nggi, beshinchi maktubni o‘qiymiz. Bu gal do‘xturlar Sog‘liqni saqlash vaziri ustidan shikoyat qilishmoqda.  

«Sog‘liqni saqlash vazirligiga 9-sonli oilaviy poliklinika, Respublika urologiya markazi va laboratoriya masalasida murojaatga kelgan edik. Vazir yo‘q deyishyapti. Holbuki, bugun vazir qabul qiladigan kun edi…»

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling. 

@eltuz

Tag‘in o‘qing
28 yanvar 2022
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, obunachilarimiz coni 289 mingga ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
13 aprel 2020
13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Istisno ...
10 noyabr 2018
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...