Asosiy mavzular
19 iyun 2023

Jinnixonaga tashlangan, yeri tortib olinganlar va hokimidan qutulmoqchi bo‘lgan xonqaliklar – EP85

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi maktublarni o‘qiymiz. Bu safar ularni o‘qishda va tanlashda sun'iy intellekt mansublari bo‘lgan Uyg‘un Egamberdi va Oydin O‘g‘il Kiyik bizga yordam beradi. Dastlabki murojaat, mahalla hokimi bosimi bilan sud qarorisiz ruhiy davolanishga  majbulangan Namangan turg‘unidan,  unga video ham ilova qilingan.
video
Sog‘ odamni jinnixonaga tashlash praktikaasi bizni yaqin o‘tmish, karimov davrlariga yetaklaydi. Karimovning jiyani Jamshid Karimov ham Samarqand ruhiy shifoxonasida uzoq yillar qolib ketgan edi. Ehtimol u yerga cheksiz hokimiyat berilib aqldan ozgan davlat mulozimlarini tashlagan ma'quldir. Zora aqli kirsa. Keyingi maktub Qashqadaryodan. Auktsion tanlovi asosida mulkka ega bo‘lgan tadbirkor yerini bir yil o‘tmay  Majburiy ijro bo‘limi xodimlari tortib olmoqda.    
Video
Keyingi maktub ham amaldorlar o‘zboshimchaligiga oid. Xonqaga hokim kerak emas, demoqda, majburiy o‘lpon yig‘ishdan zada bo‘lgan maktab, bog‘cha va boshqa muassasalarning mayda mulozimlari.
Video
Keyingi maktub Qashqadaryodan. Gaz ballonlari ijarasi uchun 100 ming so‘mdan yig‘ilayotgan ekan.
Keyingi video Termiz shahridan. Indinim savdo majmuasi liftida ona va uning ikki nafar farzandi qolib ketgan.
Video
Har safar aytganimizdek, har bir maktub o‘rganishga muhtoj. Shu jumladan, ta'kidlash joizki gaz ballon ham, quyosh batareyalari ham tekin emas. Lekin ular tekinxo‘r amaldorlarni boqish uchun xizmat qilmasligi ham kerak. Aks holda gazdan ham, elektrdan ham butkul benasib qolish. Bu haqda gapirgan odamni jinnixonaga tashlab o‘rta asrlar davriga qaytish hech gap emas.
Shu hulosa bilan navbatdagi ko‘rsatuvni yakunlaymiz. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Videolarimizga layk bosing. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.  

Tag‘in o‘qing
3 may 2020
Rassom Kirpi
4 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qozog‘iston va O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, ...
6 oktyabr 2016
6 oktyabr kuni ertalab militsiya xodimlari tomonidan ushlangan fotograf Temur Karpov bilan birga Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani paxta dalasida, ...
4 iyul 2019
Shifokorlar dalalarda ishlashga majbur etilarkan, shifoxonalarda bemorlar hayoti uchun tahlikali vaziyat yuzaga keladi. 2018 yilning 28 iyun kuni Bryussel ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...