Asosiy mavzular
4 may 2023

Ochiq qolgan quduqlar, kesilgan daraxtlar va ta'magir gai xodimlari

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qozog‘iston va O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlaridan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki videomurojaat Qozog‘istonda O‘zbekiston vatandoshlariga tegishli avtomobillarni to‘xtatib pul talab qilayotgan yo‘l patrul xizmati xodimlari haqida. Qozog‘iston GAIlari O‘zbekiston fuqarosini to‘xtatib, pul talab qilishi qachon tugaydi?

Keyingi matkub Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan Yo‘l bo‘limi rahbari ishchilarni metallolom topshirishga majbur qilmoqda.

“Qashqadaryo viloyati Koson tumani yo‘l qurilish bo‘limining vaqtincha rahbari ishchi-xodimlarni temir-tersak (metallolom) topshirishga majbur qilyapti. Negadir ishga nechada kelib ketishimiz ham xokimlik tarafidan nazorat qilinadi. Rahbarimiz yig‘ilishda xotin-qizlar bor deb o‘ylamaydi, og‘ziga kelganicha so‘kadi. Aytishicha, kuyovi hokimlikda ishlar emish. Koson tumanida avvalroq hokim bobomiz ro‘zadorlarga majburan suv ichirgandi. Yo‘l qurilish rahbarimiz ham tiliga erk bermasa yaxshi bo‘lardi…”

Navbatdagi tasvirlar poytaxt markazida, Toshkent shahrining Oloy bozoriga yaqin hududda olingan. Videoda shaharning qoq markazidagi ulkan daraxtlar kesib tashlangani aks etgan.

Navbatdagi maktub Xorazm viloyatining Shovot tumanidan kelgan. Maktubga ilova qilingan fotosuratlarda daraxtlarga suyanib qolgan elektr simyog‘ochlari aks etgan.

Xorazm viloyati Shovot tumani Komiljan Otaniyozov ko‘chasida elektr stolbalarni yiqilib ketmasligi uchun yam yashil daraxtlarga sim orqali bog‘lab muvozanatini saqlab turishibdi

Daraxtlarga zarar yetib qurib qolishi mumkinku. 

Ekologiya organlari qaerga qarab o‘tiribdi? Daraxtlarga zarari yetkazuvchilarga qonuniy chorasini ko‘rishlarini talab qilamiz. Deya yozadi shovotlik mushtariy. 

So‘nggi maktub Surxondaryoning Denov shahridan. Ko‘chaning qoq o‘rtasida kommunikatsiya quduqlari ochiqligicha qolgan.

“Surxondaryo viloyati Denov shahridagi holat. “Kolodes”larni ochib, shu ahvolda qoldirib ketishgan. Bir haftadan beri shu ahvol. Xudo ko‘rsatmasin, bolalar tushib ketsa kim javob beradi?”

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
21 dekabr 2017
18 dekabr kuni Open Source Investigations (OSI) guruhi O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov oilasiga tegishli ko‘chmas mulklarga oid maqolani ...
23 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 50-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) «Sof san'at» haqidagi «Fikrlarning shiddatli ...
11 mart 2019
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi 16-o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi 7 mart kuni chaqaloqli bo‘ldi. Bu maktab tumandagi Karimbobo qishlog‘ida joylashgan. ...
13 yanvar 2023
O‘zbek kinosi shimoldagi «urishqoq» davlat emas, balki Garbdagi taraqqiyparvar davlatlar bilan hamkorlik qilayotgani quvonarli holdir. Sal oldin VGIKning filiali ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...