Asosiy mavzular
2 avgust 2023

O‘zbekistonning chang bosgan tumanlari va rasvo ko‘chalari – EP89

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Navoiy, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki maktubni avtomobil haydovchisi yo‘llagan. Maktubga video ham ilova qilingan. Videomurojaat Navoiy shahrining bugungi ahvoli haqida. “Ekologiya degan tashkilot bormi o‘zi bu yerda? Aholi nafas ololmay qoldi” deydi Eltuz obunachisi. 

2

Ekologiya tashkiloti ish samaradorligi qancha ko‘p jarima qo‘llagani bilan o‘lchanadimi? Navbatdagi maktub ham ekologiya jonkuyarlaridan, aniqrog‘i Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tizimi xodimlaridan kelgan.

“Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tizimidan yozmoqdamiz. Boshqarma o‘tgan yil xuddi shu davrgacha qancha jarima qo‘llangan bo‘lsa, bu yil ham xuddi shuncha jarima qo‘llashni talab qilmoqda. Aks holda chora ko‘rilar ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri? Axir, davlat inspektorlarining ishi huquqbuzarlikning oldini olish emasmi? Ekologiya tashkiloti ish samaradorligi qancha ko‘p jarima qo‘llagani bilan o‘lchanadimi? Bu holatni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘z nazoratiga olishini so‘rab qolamiz”.

3

Keyingi maktub Xorazm viloyatidan. Tag‘in yomonlashayotgan atrof muhit, ahvoli tang ko‘chalar va chang to‘zon haqida. Ko‘chaning changi uylargacha kirib kelmoqda…

“Assalomu alaykum hurmatli admin.

Sizga Xorazm viloyati Xazorasp tumani Zexnli mahallasidan murojaat yo‘llamoqdamiz.

Bizning mahallasimiz 2018 yilda yangi barpo qilingan. Tabiiy gaz, elektr energiya va ichimlik suvi mavjud bo‘lsada, mahallaga kirish yo‘li, ko‘chalar chang, tuproq. Ko‘chamizdan yuk mashinasi yoki yengil mashinalar o‘tsa, chang uyimizgacha kirib bormoqda, ko‘chada yurib bo‘lmayabdi.

Iltimos shu masalada amaliy yordam so‘rab qolamiz. E'tiboringiz uchun oldindan minnatdormiz”.

4

Navbatdagi maktub Samarqand viloyatining Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlari avtomobil haydovchilaridan kelgan. Saylovdan keyin tag‘in metan gaz tanqisligi va uzun navbatlar boshlandi deya shikoyat qilishmoqda.

“Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani va Ishtixon tumani shafyorlari nomidan murojaat qilyabmiz.

Bizdagi metan zaprafkalar hali qish kelmasidan limit asosida gaz beryabdi. Saylov o‘tdi 10-iyul kuni ertalabdan buyon shu ahvol, har bir zaprafkaga  kunlik 3000 kub gaz berilyabdi. Gaz solish uchun turna qator navbatlar bo‘lib ketyabdi. Qish kelmasidan halitdan shu ahvol bo‘lsa, qishda nima bo‘larkan? Samarqand viloyatining qolgan hududlarida 24 soat ishlab yotibdi”.

5

Va nihoyat so‘nggi maktub Buxoro viloyatining Shofirkon tumani, Dodbog‘ qishlog‘idan. Eltuz obunachisi va'daboz hokim va o‘zibilarmon mahalla raisi ustidan shikoyat qilmoqda…

Assalomu alaykum. Men sizlarga Buxoro viloyati Shofirkon tumani Dodbog‘ni qishlogidan murojaat qilyapman.

Bizning qishlogimiz yo‘llarini ta'mirlash kerak. Biz 10 yildirki, bormagan eshigimiz qolmadi. Hokimga murojaat qilamiz, bizga va'dalar berib qaytarib yuborishadi. Har yil smetaga qo‘yilgan ana bo‘ladi deyishadi ammo natija yo‘q.

Mahallamiz raisi yolg‘on va'dalar berib, bizni aldab kelmoqda. 2022-yil dasturiga kiritilgan yo‘l ta'mirini boshqa qishloq yo‘lini ta'mirlashga almashtirdi. Raisimizga murojaat qilsak «o‘zim xohlagan yo‘lni ta'mirlataman» deb po‘pisa qiladi.

Hokimga murojaat qilsak, keyingi oy deydi. Har oy shu masala bo‘yicha qishloq ahli hokim qabuliga borib soatlab kutib o‘tiramiz. Sizlardan iltimos, bizni murojaatimizni ijobiy hal qilib beringlar. Maktab boshlanadi farzandlarimiz maktab bog‘chaga borishga qiynaladi. O‘zimiz pul yig‘ib yo‘lga shag‘al yoydirdik” deya dodini doston qiladi Shofirkonning Dodbog‘ qishlog‘i turg‘uni.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
5 fevral 2021
Otga qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek – rassom Tuzchilarga salom! O‘zi chetga buqinub, shaxsiyatga to‘qinib, allakimga ...
7 oktyabr 2020
Jeenbekov hukumatining hayratlanarli darajada tezkor ag‘darilishidan so‘ng bir qator savollar tug‘iladi. Ulardan eng muhimi – ikkita: Endi nima bo‘ladi? ...
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ustida ishlamoqda. Unga bir ...
25 iyun 2023
Prigojinning urush sahnasidan chekinib, Rostovda nag‘ma ko‘rsatgani, Putin bilan kelishuv qilib, Belarusga qochishini ko‘plar Putinning g‘alabasiday qabul qilayapti. Hatto ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...