Asosiy mavzular
24 avgust 2023

Qo‘shni tomorqadagi nasha va qarshilik tashmachilar – EP92

O‘qishga kira olmagan abiturientlar, ularni tuzukroq o‘qita olmayotgan o‘qituvchilar, tabiiy gaz o‘g‘rilari va qo‘shnining parnigida ekilgan nasha…

Salom qadrli muhlislar. Bugun 23 avgust. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Buxorodan. Eltuzning doimiy obunachisi Universitetga hujjat topshirish harajati qimmatligidan nolimoqda.

«Assalomu alaykum hurmatli «Eltuz» jamoasi sizlarni doim kuzatib boraman, haqiqatni yoritayapsizlar.

Sizlarga murojaat qilishimdan maqsad xabaringiz bor, hozirgi kunda respublikamizda hususiy OTMlar faoliyat yuritmoqda men ukamni Buxorodagi Osiyo Xalqaro Universitetida o‘qitmoqchi edim. Endi fikrimdan qaytdim sababi Osiyo Xalqaro Universiteti daromad manbai bo‘lib qolgan. Har bir abiturient  o‘qishga kirsa, kirmasa abiturientdan  hujjat topshirgani uchun test xarajatlariga 200 ming so‘mdan to‘lamoqda. 4000 nafar abiturientniki jami 80 000 000 mln so‘m bo‘lmoqda, shuni kamaytirish ilojini qilib bering, sharoiti og‘ir, abiturientlar to‘lashga qiynalmoqda ….» deya shikoyat qiladi maktub muallifi.

Keyingi xat Qashqadaryodan. “Salkam 23 milliard so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilganlarga chora ko‘rildimi?” deya yozmoqda Qashqadaryolik muxlisimiz. Xatni o‘qiymiz.

“Energetika vazirligi 2023 yilning aprel oyida Qashqadaryo viloyatida 22,9 milliard so‘mlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edi. Oradan 4 oy o‘tsa-da, viloyat “Hududgaz” mas'ullariga hech qanday chora ko‘rilmadi. Yo ko‘rilgan bo‘lsa-da, jamoatchilik bexabar qoldimi? Shuncha talon-torojni viloyat gaz idorasi rahbariyati va viloyat “Hududgaz” qoshida tashkil qilingan korruptsiyaga qarshi kurash bo‘limi bilmaganmikan?

Prezidentimiz bunday xatolar kechirilmaydi deganlar. Bosh prokuratura va Energetika vazirligidan holatni nazoratga olishlarini so‘rab qolamiz” deya yozadi Qashqadaryolik muxlis Eltuz portaliga.

Navbatdagi maktub egasi Samarqanddan. U qo‘shnisi issiqxonada nasha ekib, yetishtirayotgani haqida yozgan.  

 “Samarqand viloyati Paxtachi tumanidan yozmoqdaman. Tumanimizdagi ayrim issiqxonalarda kannabis (nasha) o‘simligi yetishtirilyapti ekan. Nashavandlar ham ko‘payib qolgandek. 15 avgust kuni hududimiz bo‘ylab vertolyot uchdi. O‘shanda ham ancha-muncha holat aniqlangan bo‘lsa kerak. Masalan, qo‘shni issiqxonada kannabis o‘sib yotibdi. Vakolatli idoralar tekshirib, noqonuniy ishlarga chek qo‘yadi degan umiddaman”.

Keyingi shikoyatni ustama haqqi ololmayotgan o‘qituvchi Eltuz portaliga yo‘llagan.

«Mening murojaatim shuki yangi tashkil etilgan agentlikga qarashli ixtisoslashtirilgan maktablarda ishga kirgan o‘qituvchilarga va'da qilingan ustama mablag‘lari to‘liq berilmayabdi (spets fanlarga 60, qolgan fanlarga 40 foiz), aslida o‘qituvchilarni sinov qilib olinayotganda ustama 100 foiz deyilgan (106-qaror), undan tashqari milliy sertifikatlarga beriladigan ustama haqqi (20 %) bunday maktablarga yot narsa emish, so‘raganimizda sizlar to‘liq ustama olib yana 20 foizni ham olasizlarmi deyishyabdi, demak 106 qarorga amal qilinyabdi, lekin o‘qituvchilarga yetib kelmayabdi (bizning tahmin), kimga murojaat qilaylik, axir o‘qituvchilar asl ishini tashlab qop qop vadalarga ishonib uchta sinovdan o‘tgan, undan tashqari berilayotgan hozirgi ustamani umum talim maktablarda ham olsa bo‘ladi, ayniqsa nospets fanlar o‘qituvchilari.

Iltimos nomimni sir saqlasangiz. Chunki tepadagilarga murojaat qilsak o‘zimizni boshliqlarga qaytib kelgan murojaatimiz. Direktor va zamdirektor qanday hal qiladi bu ishni?» deya yozadi uchta sinovdan o‘tgani, biroq Eltuzga yo‘llagan shikoyatining o‘zida kamida o‘nta imlo xatosiga yo‘l qo‘ygan, nomini sir saqlashni so‘ragan o‘qituvchi.

Va nihoyat so‘nggi shikoyat O‘zbekeftegazga qarashli Qarshi sanatoriyasidagi tashmachilar ustidan

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Qarshi sanatoriysidan laboratoriya uskunalari, tibbiy appratlar olib ketilyapti. Hatto hojatxona rakovinasi, kir mashina motorigacha tashib ketilmoqda. Bu holat qonuniymi?” deya achchiqlanadi qarshilik Eltuz obunachisi o‘z videomurojaatida.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘nggi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2020
Avrangzeb (toj bezagi) deya tarixga kirgan Abul Muzaffar Muhiddin Muhammad Olamgir (1618—1707) Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi deya atalgan davlatning ...
7 avgust 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
7 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda maska taqish zarurligi haqida ...
3 avgust 2018
Bir paytlar neftbazadan benzin, solyarka olib chiqib sotar edik. Yashirincha olib chiqar edik, ishchilariga pul bersak, hech kim yo‘qligida ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...