Asosiy mavzular
9 aprel 2023

Ta'mirtalab poliklinika, metan uchun navbat va o‘nqir cho‘nqir yo‘llar – EP67

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Camarqand, Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Samarqanddan. Maktub muallifi Oilaviy poliklinikaning ta'mirtalab ahvolda ekanidan shikoyat qilgan.

«Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Kattaqo‘rg‘on suv ombori shaharchasida yashayman. Kecha sog‘liqni saqlash vaziri balandparvoz gaplarni aytib, ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning tanqidiga duchor bo‘ldi. Mening ham e'tirozim bor. Shaharchamizdagi oilaviy poliklinika nochor ahvolda. Issiq va sovuq suvni qo‘yib turaylik, qish kunlari chiroq va issiqlik tizimida uzilish bo‘ladi. Videolavha 4 oy oldin olingan, lekin haligacha holat yaxshilanmadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holatni qanday izohlar ekan?»

Navbatdagi maktub Xorazm viloyatidan. Qo‘shko‘pir tumanidagi ta'mirlanmagan yo‘l maktab va bog‘chaga qatnayotgan bolalar hayotiga havf tug‘dirmoqda.

«Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidan takror murojaat qilmoqdamiz. 4-sonli IDUM, 8-sonli maktab va 6-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga olib boruvchi yo‘l ichimlik suv quvuri o‘tkazish uchun kovlangan. Ushbu ta'mirtalab yo‘lga asfalt yotqizib, sun'iy to‘siqlar o‘tqazish, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasi belgilash kerak. Aks holda ushbu yo‘ldan maktab va bog‘chaga qatnaydigan farzandlarimiz hayoti xavf ostida qolaveradi. Bu tashabbusni “Ochiq byudjet” portaliga ham kiritdik. Dasturga tushgan deb, tashabbusimiz rad qilindi. Tor yo‘lni o‘z hisobimizdan kengaytirdik. Uni zamonaviy darajada taʼmirlashda amaliy ko‘mak kutyapmiz.»

Toshkent shahridan jo‘natilgan keyingi maktubga rasm ilova qilingan. “Maktabimiz uchun ovoz bering” Toshkent shahrida olingan rasm. — maktab o‘quvchilari Open byudjetga ovoz to‘playapti. 

Shu maktab joylashgan hududning hokimi, deputati, senatori yoki boshqa vallomati yo‘qmikan-a? Balki bu majburiy mehnatdir? deya izoh yozadi maktub egasi.

Navbatdagi maktub Surxondaryodan. Metan zapravkada navbat kutib vaqt yo‘qotayotgan haydovchi, prezident tashrifidan oldin zapravkaning 24 soat ishlaganiga e'tibor qaratadi.

«Surxondaryodan murojaat yuboryapmiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning viloyatimizga tashriflarigacha metan zapravkalar qisqartirilgan vaqtda ishlayotgan edi. Yurtboshimiz kelishidan 4 kun oldin 24 soat davomida ishladi. Ketganlaridan keyin esa yana 3-4 soat tartibga qaytishdi. Oqibatda uzun navbatlar paydo bo‘ldi. Havo harorati 30 daraja. Sovuq bo‘lsa tushunar edik. Demak, navbatlarga barham berib, muntazam ishlatish mumkin ekan. Energetika vazirligi masalani hal qilib berishini so‘raymiz. Aholi zapravkalarda kutib qiynalmasin».

Va nihoyat so‘nggi Qirg‘iziston–O‘zbekiston o‘rtasidagi “Do‘stlik” bojxona chegara postidagi tartibsizliklar haqida. Maktub egasi chegara postida xatto bojxona xodimlariga pichoq va qo‘l ko‘tarishlar kuzatilmoqda

«Shu kunlarda Qirg‘iziston–O‘zbekiston o‘rtasidagi “Do‘stlik” bojxona-chegara postida betartiblikni kuzatish mumkin. Odamlar qonunlarni pisand qilmayapti, chegara xodimlariyu bojxonachilarni ham. Hatto xodimlarga pichoq ko‘tarish, qo‘l ko‘tarishlar kuzatilmoqda. Vakolatli idoralar holatni nazoratga olib, tartib o‘rnatishini so‘raymiz».

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi shikoyat edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi.  Yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
9 avgust 2019
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 31 yashar Mirsaid Haydarov ijtimoiy tarmoq orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat ...
28 mart 2016
Bugun Eltuz.com «Kun karikaturasi» ruknida rassom Elsevarning yangi karikaturasini taqdim etadi. Bunda rassom bugungi O‘zbekistondagi tanish holat – ishsizlik ...
27 iyun 2016
Teledayjestimizning bu galgi sonini oy oxirini kutmasdan e'tiboringizga havola etishga qaror qildik. Chunki bu oyda Toshkentda «dunyoning eng qudratli ...
26 aprel 2018
Ohak zarralaridan ko‘zlari shikastlangan, davlat to‘ntarishida ayblanib qamalgan 28 yoshli toshkentlik bloger va yosh olim Akrom Malik hamon qamoqxona ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...