Asosiy mavzular
10 oktyabr 2023

Majburiy paxta terimi, tungi reyd va noquniy baliq savdosi – EP103

Salom qadrli muhlislar, eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz. Ular Buxoro, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Farg‘ona viloyatining marg‘ilon shahridan. MFY idorasi xodimlariga majburiy 25 nafardan terimchi olib chiqish haqida kafolat xati yozdirilmoqda.

“Farg‘ona viloyat Marg‘ilon shahridan murojaat yo‘llayapmiz. MFY xodimlariga kunlik majburiy terimga 25 nafardan odam olib chiqish haqida kafolat xati yozdirishyapti. Hurmatli Prezidentimiz jahon hamjamiyati oldida O‘zbekistonda majburiy mehnat bartaraf etilganini ta'kidlayotgan paytda bunday kafolat xati yozdirilishini qanday izohlash mumkin? Bu muhtaram Prezidentimiz siyosatiga zid-ku! Mutasaddilardan holatni nazoratga olib, bartaraf etishlarini so‘raymiz” deya yozmoqda marg‘ilonlik Eltuz obunachisi.

Keyingi maktub Buxoro viloyatidan. Texnologiya instituti xodimlari oyligi kechiktirilayapti.

«Amaldagi Mexnat kodeksining 253-moddasida ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelib qolganida, ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi deyilgan. Respublikamizda 1-2 oktyabr kunlari bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri keldi va barcha korxona-tashkilotlarga ish haqi bayram arafasida to‘lab berildi. Buxoro muxandislik texnologiya instituti o‘qituvchilariga esa ish xaqi to‘lab berilmadi. Nahotki institut rektori, xijoblik ayol – qizlarni xijobini yechtirishga qiziqadigan rektor maslaxatchisi va bosh hisobchi mehnat kodeksining 253-moddasiga amal qilmaydi yoki Buxoro muxandislik texnologiya instituti davlat ichidagi alohida davlatmi? Mehnat kodeksining 253-moddasini buzgan mas'ullarga qonuniy tartibda chora ko‘rilishi so‘raymiz… Rektor, rektor maslaxatchisi, bosh hisobchi oyliklarini kassadan naqd pulda bayramdan oldin olib bo‘lishgan, bizlarga oyligimizni tashlab berishmayapti», deya yozadi Buxorolik o‘qituvchi.

Navbatdagi shikoyat Surxondaryodan. Termizda noqonuniy va antisanitariya sharoitida baliq sotilmoqda

Surxondaryo viloyatining Termiz shahar bozori baliq sotuvchilari nomidan video yo‘llagan Eltuz obunachisi, noqonuniy va sanitariya gigiena talablariga javob bermaydigan sharoitlarda baliq sotayotgan shaxslar ustidan eltuzga shikoyat qilmoqda.

“Surxondaryo viloyati Termiz shahri markaziy bozoridagi baliq sotuvchilar nomidan murojaat qilmoqdamiz. Biz talab etilgan hamma hujjatlarni olgan holda savdo qilamiz. Ayni paytda ayrim shaxslar Baynalminal mahallasi yonida hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda baliq sotmoqda. Mahsulot sanitariya-gigiena talablariga ham javob bermaydi. Baliqlar abgor holatda saqlanmoqda, muzlatkich ham yo‘q. Elektron hisoblagich o‘rnatilmagan, ya'ni suv ham isrof bo‘lmoqda. Baliqlar kasallik keltirib chiqarmasligiga kim kafolat beradi? Soliq va SYeS boshqarmasi holatni nazoratga olishini so‘raymiz” deya yozadi termizlik baliqfurush.

Keyingi maktub zominlik quruvchilardan kelgan. Jizzaxning Zomin tumanida sud binosini qurgan quruvchilar haqlarini to‘liq bermagan sud ustidan Eltuzga arz qilishdi.

“Jizzax viloyati Zomin tumanidan yozyapmiz Jizzax shahri Toshkent ko‘chasidagi sud binosini 6 kishi qurgan edik. Buyurtmachi D.M. 50 mln so‘m pulimizni bermayapti. Sud binosi qurilishida adolatsizlik bo‘lmasligi kerak-ku. Haqimizni undirib berishlarini so‘raymiz” deya shikoyat qilishdi Eltuz portaliga oltovlon quruvchilar.

Navbatdagi maktub Farg‘ona viloyatidan. Eltuz portaliga murojaat qilgan obunachilar Farg‘ona tumanlarida o‘tkazilayotgan tungi reydlardan tashvish bildirib murojaat qilishgan.

“Farg‘ona tumanida tungi reydlar o‘tkazilmoqda. Albatta, tartib-qoidani saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun reydlar o‘tkazilishi tabiiy. Ammo bu tadbirda ko‘chaga dori-darmonga yoki boshqa biror ehtiyoj bilan chiqqan fuqarolarni ham avtobusga tiqib olib ketishyapti. IIBga olib borilgan fuqarolarga qo‘pol muomala qilinyapti. Ichki ishlar vazirligi holatni nazoratga olishini so‘raymiz”, deya shikoyat qilishdi Eltuzga Farg‘ona tumani turg‘unlari.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘nggi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2016
Yangi yil arafasida Feysbuk sahifasi ishtirokchilari «Toshkent go‘zali»ni tanlashdi. Aktrisa Olesya Nedobegova bu virtual tanlov g‘olibi bo‘ldi va u ...
30 may 2017
Respublikadagi ko‘plab informatsion dasturlarning yopilishi evaziga tashkil qilinayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali 27 iyundan efirga chiqadi. Bu kanal dasturlari O‘zbekiston ...
24 fevral 2021
Islomda ko‘p cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, jinsiy mavzu doim e'tiborda. Xotin-qizlarga seksual ob'ekt sifatida qaralishi islom dinining ustunlaridan biri, desak ...
9 avgust 2021
Rassom Tuz
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...