Asosiy mavzular
25 yanvar 2024

Prezident administratsiyasi markazidagi yolg‘on tenderlar

Suratdagi bu shaxsni taniysizmi? Tanimagan bo‘lsangiz, hozir ipuchi beraman: 5600 so‘m?

– Esladingizmi? ….

Ha, topdingiz! Bu o‘sha «2020 yilda O‘zbekistonda kuniga 5,600 so‘m ishlab topgan odam kambag‘al emas” degan mulozim!

Bu mulozim – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Bundan uch yilu ikki oy muqaddam, 2020 yilning noyabrida Kun uz nashriga bergan videointervyusida «O‘zbekistonda kuniga 5,600 so‘m ishlab topgan odam kambag‘al emas” deb, ijtimoiy tarmoqda kulgiga qolgandi.

Obid Hakimovning bu gapi memga aylandi. O‘zbekistonliklar prezident maslahatchisi o‘rinbosari darajasidagi amaldorni “reallikdan uzilganlik”da ayblashdi.

Hakimov boshqaradigan markaz ilmiy xodimi keyinchalik suhbatda hajv qilinayotgan jumlaning «kontekstdan uzib olingani»_ aslida bu raqam kambag‘allikni o‘lchashning ilmiy metodlaridan biriga misol qilib keltirilganini bildirdi. Ammo, kech bo‘lgandi…

Obid Hakimovning gapi o‘zbek tarixiga reallikdan uzoqlashishga misol tariqasida kirdi.

Ammo, bugun gap 5600 so‘m haqida emas. Bugun gap 2 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ haqida.

Ekranga yaqinlashib oling, sizga bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovning 2 millard so‘mdan ko‘proq mablag‘ni qanday sarflayotganini so‘zlab beramiz.

Xulosani esa o‘zingiz chiqarasiz! Demak, boshladik…

Ekranda ko‘rib turganingiz hujjat shu yilning 23 yanvarida kuchga kirgan xarid komissiyasining protokoli.

Komissiya raisi o‘sha 5600 so‘mchi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Tender “So‘rovnomalar o‘tkazish xizmati” uchun o‘tkazilgan. 

Boshlang‘ich narxi 186 mln so‘m.

Bu tenderda ULTRAFAST LINE va YAGONA SUG`URTA MARKAZI mas'uliyati cheklangan jamiyatlar ishtirok etib, ULTRAFAST LINE MCHJ 168 mln so‘m  narx taklif qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

ULTRAFAST LINE MCHJ ning rahbari — Yuldashev Sardor Bexzodovich.

Ushbu protokolda YAGONA SUG`URTA MARKAZI MCHJning STIRi deb  307 835 331 ko‘rsatilgan. registr.stat.uz ma'lumotiga ko‘ra, ushbu STIR «TELE SALE SERVICE» MChJga tegishli.

Ochiq manbalardagi ma'lumotlarda «TELE SALE SERVICE» MChJning avvalgi nomi YAGONA SUG`URTA MARKAZI MCHJ bo‘lgan.

Shuningdek, YULDASHEV SARDOR BEXZODOVICH ushbu MChJning 33 foiz ulushiga egalik qilganligini ko‘rish mumkin

Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, egalari bir shaxs bo‘lgan ikki shirkat tenderda qatnashgan va ulardan biri  – ULTRAFAST LINE MCHJ – g‘olib chiqqan.

Bu Eltuz aniqlagan yagona holat emas.  Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «So‘rovnomalar o‘tkazish xizmati uchun» deya o‘tkazilib kelingan umumiy summasi 2 mlrd so‘mdan ziyod tanlovlarning barchasida «ULTRAFAST LINE» MChJ g‘olib deb topilgan.

Ushbu tanlovlarda raqobatchi sifatida ishtirok etib, mag‘lub bo‘lib kelgan «QUICK LINE COMMUNICATION» MChJning rahbari esa YUSUPOVA IRODA VAXABOVNA hisoblanadi.

Ayni shu shaxs (birinchi holatda yutqazib bergan) «TELE SALE SERVICE» — (tender protokolida YAGONA SUG’URTA MARKAZI deya eski nomi yozilgan) MChJning ham rahbaridir.

Barcha tenderlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan «ULTRAFAST LINE» MChJning rahbari YULDASHEV SARDOR BEXZODOVICH esa bir vaqtlar ayni shu TELE SALE SERVICE» MChJning 33 foiz ulushiga egalik qilgan.

Xullas, 2020 yilda Kun uzga intervyu berarkan, O‘zbekistonda 5600 so‘mga yashash mumkin degan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalar bilan tender o‘tkazgan va har gal bir shirkat g‘olib chiqqan.

Xulosa qilishdan oldin janob Obid Hakimovga savollar bermoqchimiz: Nega har gal tenderda faqat ikki shirkat ishtirok etgan? O‘zbekistonda boshqa shirkat yo‘qmi? Ushbu ikki shirkatga bir shaxs  – Yo‘ldashev Sardor egalik qilganidan yoki qilishidan xabaringiz bormi? Nega har gal faqat YULDASHEV SARDOR BEXZODOVICH egalik qilgan shirkat – “ULTRAFAST LINE» MChJ  g‘olib chiqqan? Sardor Behzodovichning Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga,  qolaversa, shaxsan sizga qanday aloqasi bor? Siz barcha tenderlar shaffof o‘tkazilgan deb hisoblaysizmi?

Va nihoyat, janob Hakimov, agar sir bo‘lmasa ayting, 2 milliard so‘mlik tenderdan shaxsan sizga necha so‘m otkat bo‘lgan?  Biz sizni ayblayotganimiz yo‘q, shunchaki so‘rayapmiz. Javob uchun Eltuz sizga minbar berishga tayyor. Faqat iltimos, 5600 so‘m deya ko‘rmang….

Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. 

Tag‘in o‘qing
15 noyabr 2021
Toshkent va Xorazmga sayohatim va ko‘rgazma haqida o‘zim hikoya qilsam. Turk ota so‘zida aytilganidek, «o‘ksiz o‘z kindigini o‘zi kesadi». ...
11 sentyabr 2019
Toshkentda 10 sentyabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida respublika fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov mamlakatda go‘sht qimmatlayotgani sababini go‘shtning ko‘p ...
7 dekabr 2016
O‘tgan hafta «Samarkand i samarkandtsы» guruhi sahifasiga qo‘yilgan foto va videotasvirlarda jar yoqasidagi bexisob skeletlar yotgan eshak qabristonini ko‘rish ...
18 yanvar 2022
Tarmoqda ikki toifa mullalar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqda. 1-toifa: Hukumat va DXX yo‘rig‘ida yurib chiziqdan chiqmaydigan «mo‘'tadillar» 2-toifa: IShID ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...