Asosiy mavzular
9 may 2024

Panadagi daraxtkesar va tiqilinch avtobus – EP146

Namangan va Qashqadaryoda daraxtlar kesilmoqda, Andijonning ostonasida suv yo‘q, Toshkentda esa Eltuzga shikoyatdan keyin piyodalar yo‘lagi esa tiklandi.

Calom qadrli muhlislar

Eltuzga kelgan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Qashqadaryo, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlaridan.

Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki maktub Qashqadaryoning Po‘lati shaharchasidan. Eltuzga shikoyat ortidan tekshiruv bo‘ldi. Mahalla oqsoqoli esa o‘z bilganidan qolmayapti. Eslatib o‘tamiz Bunyodkor mahallasi fuqarolari zovurlarning ko‘milishi yuzasidan shikoyat qilgan edi.

«Assalomu alaykum hurmatli Eltuz!

Sizga yana Qashqadaryo viloyati Koson tumani Po‘lati shaharchasi Bunyodkor mahallasi fuqarolari nomidan yozmoqdamiz. Bizning xabarimizni (Yeltuz portaliga) chiqarganlaringizdan keyin mahallamiz raisi Alisher Omonov va uning qudasi Eshmurodov Anvar uyma-uy yurib, «kim yozdi Eltuzga, bizning ustimizdan» deb, hamma bilan janjal qilib chiqdi va Koson tumanidan kelgan tekshiruvchilarga Eshmurodov Anvar choyxonasida ziyofat berib qaytaribdi va mahallamizdagi odamlarga «ko‘rdilaringmi, Eltuzga yozasanlarmi, Ozodlikka yozasanlarmi farqi yo‘q, hech nima qilolmaydi. Kelgan tekshiruvchilarni davosi bir ziyofatda» deb o‘zi bilganday ishini davom ettirayapti.

Zovurning 80%ni ko‘mib ham bo‘ldi, soya bo‘ladi uylarimizning yoni deb Zovurning yoqasiga ekgan  daraxtlarimizni ham taglari bilan ko‘mib yubordi.

Endi hammasi quriydi, sizdan iltimosimiz bizning xabarimizni yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki shaxsan Koson tumani hokimi nazoratiga olishini istaymiz.

Sizdan boshqa najotkorimiz yo‘q hurmatli Eltuz! Qonun kuchini ko‘rsatib qo‘yishlarini, Qonun barchaga birdek bo‘lishini iltimos qilamiz. E-Auksionga qo‘yilsin, bir ikki kishining manfaati uchun emas. Po‘lati xalqi manfaati uchun xizmat qilsin.

Bu zovur ko‘milsa 2 gektar yer bo‘ladi. Rais qudasi, yaqinlari ham biz oddiy odamlardek puliga olishsin. Joy kerak bo‘lsa bizning boshqa manfaatimiz yo‘q, iltimos xabarimizni chiqarsangiz…» deya qayta murojaat qilishmoqda murodlari hosil bo‘lmagan Bunyodkor mahallasi turg‘unlari.

Lekin hamisha ham Eltuzga shikoyat qilganlarning muammolari yechimsiz qolayotgani yo‘q. Masalan, eltuzga shikoyat ortidan yo‘llar obod bo‘lib Toshkentning Yunusobod va Qibray chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyi qayta tiklandi.

«Biz Yunusobod va Qibray tumanlarini bog‘lab turuvchi katta chorrahada piyodalar o‘tish joyi o‘chib ketgani bo‘yicha Eltuz portaliga murojaat qilgan edik. Mas'ullar muammoga e'tibor berishdi. Hozirda chiziqlarni bejirim qilib chizib, obodonlashtirish xodimlari ishlamoqda. Rahmat sizlarga» deya yozmoqda toshkentlik Eltuz obunachisi.

Yunusobod-G‘ishtko‘prik avtobus yo‘nalishida esa butunlay boshqa manzara.

“Toshkent shahridan murojaat yo‘llayapmiz. Yunusobod – G‘ishtko‘prik yo‘nalishidagi 169-avtobusda har kuni shu ahvol: tiqilinch, issiq. Avtobus salonida kondisioner yo‘q. Aynan aholi ish va o‘qishdan qaytishida tiqilinch bo‘ladi. Ayrimlar avtobusga chiqolmay qolib ketadi. Aholi uyiga vaqtida yetib olish uchun avtobuslar sonini ko‘paytirish va intervalni kamaytirish kerak. Transport vazirligidan iltimos qilamiz, 169-yo‘nalishdagi eski avtobuslarni yangi, kondisionerli va zamonaviy avtobuslarga almashtirib berishsin” deya shikoyat qilmoqda toshkentlik yo‘lovchi.

Keyingi maktub Andijondan. Bo‘ston tumanidagi mahallada 5 kundan beri ichimlik suvi yo‘q.

«Andijon viloyati Bo‘ston tuman,  Sariq jo‘ga MFY Ostona ko‘chasida 5 kundan beri ichimlik suvi chiqmayapti.

Andijon viloyati hokimi  hamma tashkilotlar xodimlariga, ichimlik suvidagi ishchilarga noto‘g‘ri hisoblagan qarzdorlikni majbur to‘latdi-ku.

Lekin 1-o‘rinda suv oqova  korxona xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va Prezident aytgan yettilik ishlamayapti,  agar yuqoridagi mutasaddilari ishlaganda suvdan,  chiqindilardan va hakazodan qarzdorlik bo‘lmas edi.

Qachongacha hamma byudjet tashkilotlarida ishlaydigan odamlarga osiladi. Soliq, suv, musordan  qarzdorlikni to‘lamasang ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib to‘latadi.

Boshqa joyda ishlayotganlarni,  byudjet tashkilot xodimlarini yashash sharoitini ko‘rsangiz,  farzandimni o‘qitib nima qilaman devoradi odam.

 Ko‘chada oddiy kunlik ishga chiqadigan odam ham kuniga kamida 200 ming topyapti,  lekin byudjet tashkilotlari vakillari arzimagan oylik oladi, shuni ham minnat va qo‘rqitish bilan oladi.

Hullas,  tuman hokimimi, suv oqavaning boshlig‘imi,  ichimlik suvini chiqarishga yordam berishini kutamiz.

Agar qarzdorlik bo‘yicha suvni o‘chirgan bo‘lsa,  qarzi borlardan qarzdorlikni undirsin.

Agar nosozlik bo‘yicha suv o‘chgan bo‘lsa, suv yetkazib berish Suv oqovaning vazifasi. Vazifani bajarish kerakda.

Kimning uyida suv bo‘laturib, suv hisoblagich o‘rnatmagan bo‘lsa o‘shalar majbur suv hisoblagich olsin.  Keyin yana bir gap,  tashib ichish bo‘yicha ham qarzdorlikni so‘ndirsin.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi,  xotin qizlar,  yoshlar…..  va boshqalar va suv oqova hamkorlik da rostnamo ishlasin-da…» deya yozmoqda andijonlik Eltuz obunachisi.

Gullar shahri Namanganda esa daraxtlar kesib tashlanib, o‘rni beton bruschatkakalari bilan qoplandi.

5 «Namangan shahar Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘ida tayyor gul ekilgan joyni buzib, 6 ta katta daraxtlarni kesishmoqchi. O‘rtadagi agarotni ham bruschatka qilib tashlashgan.

Bular viloyat prokuraturasida bosh oshpaz bo‘lib ishlaydi, bularga hech kim hech narsa qilolmaydi, bularni tekshiradigan odam bormi?

Mutasaddilardan iltimos bir nazorat qilishsa yaxshi bo‘lardi» deydi namanganlik tabiat jonkuyari.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
20 mart 2016
“Diyonat” gazetasi Uchqo‘rg‘on tumanilik hamqishloqlarini Qozog‘istonga olib borib, 500 ming tangaga sotib yuborgan shaxs besh yil muddatga qamoq jazosiga ...
21 yanvar 2019
Zeromax kompaniyasining sobiq rahbari Mirodil Jalolovning ozodlikka chiqarilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniyaga rasmiy tashrifiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur ...
13 dekabr 2015
2015 yilning 13 dekabrida, Jasliq turmasi mahkumi, huquq himoyachisi A'zam Farmonov 37 yoshga to‘ladi. 2006 yilning aprelida uni hibsga ...
19 may 2023
It quvgan gadoyday kunlar zuv zuv o‘tib yana qarshingizdaman aziz o‘quvchim. Yana 10 kun chidasangizlar Qo‘qon tarafdan qattiq shamol ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...