Asosiy mavzular
28 may 2024

Tilanchi rais, yorilgan quvur va haydovchilarga halaqit berayotgan svetofor -EP151

Salom qadrli muhlislar, Eltuz portaliga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Namangan, Qashqadaryo, Navoiy va Andijon viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi ayni soniyalarda ham davom etmoqda. muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan yopiq videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish, kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki murojaat Namangandan. Mahalla raisi tilanchilik qilmoqda.

«Assalomu alaykum, Eltuz jurnalistlari, biz Namangan viloyati Chortoq tumani Iftixor MFY fuqarolari sizlarga murojaat yozyapmiz.

Iftixor MFY raisi Abbasov Bahodir qachongacha  mahalladan sadaqa tilanib yuradi? Qaysi normativ hujjatlarda transformator olib kelib o‘rnatishga fuqarolardan pul yig‘ish belgilangan?

Mahallaga milliard pul ajratildi deyiladi, lekin xalq sezmaydi.

Oldin ham shu raisning mahallasini asfalt qilishgandi, bu yil yana shu mahallaga davlat tomonidan ajratilgan pulga asfalt qildirish harakatida yuribdi, vaholanki MFY da loy ko‘chalar juda ko‘p.

Fuqarolar biror masala bilan murojaat qilsa, bu mani ishim emas deb qo‘pollik qilib haydab soladi, bir necha yildirki mahallada biron o‘zgarish yo‘q.

Yana maqtanib rusiyzabon Farrux Zokirov yaqinim, qo‘limdan hamma ish keladi, o‘g‘lim, kelinim jurnalist deb MFY telegram kanaliga video rasmlarini tashlab o‘zini ko‘z ko‘z qilish bilan ovvora.

Bu odamning rais bo‘lishiyam juda kutilmagan holat bulgan.

Tuman hokimligidagi tanishidan foydalanib, oldingi rais yosh shijoatli bola edi shuning tagiga suv quydi,

Biz Mahallada shaffof saylov bo‘lishini va soliqlardan tashqari yig‘di yig‘dilarini to‘xtalishini talab qilamiz.» deya yozadi namanganlik fuqaro.

Keyingi murojaat Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidan. Yozda chang, qishda loy. Ko‘cha shag‘al yoki asfalt qilib berilmayapti.

“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Qorashina shaharchasi Bo‘ston MFYdan murojaat yo‘llayapmiz. Ancha yillardan buyon ko‘chamiz shunday axvolda: yozda chang, qishda loy. Ayniqsa, yomg‘ir yoqqanda suv ariq bo‘lib oqadi. Tuman hokimi, prokuror va IIB boshlig‘i kelib, holatni ko‘rib ketgan, lekin ko‘chamiz shag‘al yoki asfalt qilib berilmayapti. Amaliy yordam berishlarini so‘raymiz”. deya shikoyat qilmoqda Dehqonobodning Qorashina shaharchasi fuqarolari.

Keyingi murojaat esa Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidan.

«Yakkabog‘ tumanida joylashgan dehqon bozorini, uning yonida joylashgan kiyim kechak bozorini va ko‘chalarda bo‘layotgan savdolarni yig‘ishtirdigan mas'ullar bormi?

Judayam tartibsiz bo‘lib ketgan. Iltimos yordam bering» deya yozmoqda bozordan bezor bo‘lgan yakkabog‘lik.

Navbatdagi shikoyat esa Navoiy shahridan. Issiq suv podvalga oqmoqda.

«Assalomu alaykum men Navoiy shahar Lomonosov ko‘chasi 9-uy  1-xonadonda yashayman. Podvalimizdagi issiq suv katta trubasi muntazam  teshilib, podvalni suv bosib ketayapdi. Buning natijasida zaxlanib uyimizning oboylari ko‘tarilayapti. Zaxlanish natijasida har xil pashshalar ko‘payadi, kasallik tarqaydi. Buning oxiri bormi?

Shirkat santexniklariga aytsak, Oesning trubasi bu deydi. Oesdan chaqirtirsak 2-3 ta ishchisi kelib, nomiga ko‘rinib, suvni yopmasdan ketgan. Qayta oesga murojaat qilganimizda svarkachi yo‘q, xamut qo‘yilgan, endi dushanba kuni taxlaydilar, deb beparvolik bilan javob qildi (dispetcher o‘zini Jumaev Sherzod deb tanishtirdi).

3 Kunda bu issiq suv oqib tursa nima bo‘lishini endi tasavvur qilavering. Suvni tejang tejang deydilar, mana suv keraksiz odamlarga ziyon keltiradigan holatda qaerlarga oqib yotibdi.

Iltimos shu masalada ijobiy hal qilib berishingizni soʻrayman.» deya yozadi shikoyat qilmoqda navoiylik kvartira egasi.

Va nihoyat so‘nggi murojaat Andijondan. Avtoturargohga kirishga svetofor xalaqit bermoqda.

EP: «Andijon  viloyati  Izboskan tumanidan  murojaat qilinmoqda. 

Andijon viloyati  Izboskan  tumani   Poytug‘  shahridagi  Sobiq mexanika  zavodi  o‘rniga   qurilgan  avtoturargoh qonun  talabiga  qay  darajada  javob  beradi? 

Shuni  qaytadan  ko‘rib  chiqish  kerak  deb bilaman. Sababi shuki, ushbu avtoturargohning darvozasi Svetofor yaqiniga joylashib qolgan. Bu esa haydovchilarning  avtoturargohga kirib chiqishiga noqulaylik   tug‘diradi.

Darvozani va avtoturargohga kirish uchun  yo‘lakni svetofordan uzoqroqqa joylashtirishning  ilojisi bor. Sal uzoqroqqa joylashtirish kerak deb  bilaman.

 Avtoturargohning darvozasi bir dona  xolos. Avtoturargoh juda katta. Qo‘shimcha darvoza  ochish kerak deb bilaman. Buning uchun  avtoturargoh atrofidagi Advokaturaning ishxonasini  boshqa joyga ko‘chirish va o‘rniga avtoturargohga  kirish uchun yo‘l ochish kerak deb bilaman.  Poytug‘  shahrimizda  deyarli  barcha  yo‘llar  avtoturargoh  vazifasini  o‘tab  kelmoqda. «

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2020
Shu kuni uyquga yotish e'lon qilinganidan so‘ng taxminan tungi soat 2 gacha uxlolmadim. Antonenkoning aslida kim ekanligi haqda bosh ...
25 noyabr 2020
Xorazmda kelinga bokira emas, degan ayb qo‘yib, uni videoga olgan, sha'nini toptab sazoyi qilgan kuyovning qarindosh-urug‘lari ustidan Xorazm viloyati ...
31 may 2018
31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 3D piyodalar yo‘lakchasi surati Namangan ko‘chalarida olingani aytiladi. O‘zbekistonda shusiz ham tuzukroq asfalt ...
12 fevral 2019
Alisher Navoiyning navbatdagi yubileyini eson-omon o‘tkazib oldik. U allaqachon o‘zbek millatining, o‘zbek tarixi va madaniyatining ramziga aylanganini hech kim ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...