Maxatma Gandi: Biz bu Zamingga nima uchun kelganimizni unutdik!
Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. Ular Turkiyada xotini va ikki qizini o‘ldirib, o‘liklarini nimtalab muzxonada saqlagan qotilni oqlashadi.
Shar'iy nikoh niqobi ostida o‘nlab voyaga yetmagan qizlarning nomusini buzgan Ramzanni himoya qilishadi. Pedofil jinoyatchini oqlash uchun ularda diniy argumentlar hamisha yetarli, ya'ni «payg‘ambarimiz ham 9 yoshlik qizga uylangan», «Sulaymon podshoning ham yuzlab kanizaklari bo‘lgan» va hokazo.
Bugun juma, agar rassom Tuz va uning inisi Matchon Suqulish ta'tilga chiqmaganida edi, bu haqda albatta bir achchiq ma'ruza qilgan bo‘lardi. Biz esa bugungi va'z o‘rnida mashhur faylasuf Maxatma Gandining quyidagi satrlarini o‘qish bilan chegaralanamiz.
“Tangrining dini yo‘q… Tag‘in Yaratganning qonunlari, besh ustuni va qanday rangli kiyimni kiyish kiymaslik joizligi haqidagi qoidalari ham yo‘q. Najotkor oldida olma yeymizmi, sut va go‘shtni turli o‘choqlarda pishiramizmi yoki Ramazonda kunduzi ovqatlanamizmi, unga baribir. U sizdan namoz o‘qish, sunnat yoki dunyo azob-uqubatlarga asoslanganiga ishonishingizni talab ham qilmaydi. U bizning ikki haftalik ro‘zamiz, ozib to‘zigan turqimiz va o‘liklarga qayg‘u belgisi sifatida yuragimizni yaralashimizga ham muhtoj emas. Bularning barchasini odamlarning o‘zi o‘ylab topgan:
Ular o‘z xudolarini loydan yasadilar, sanamlarini chizdilar va marmar toshlariga o‘ydilar. Asrlar osha ular din yo‘lida urushlar olib borishdi, mallasoch ayollarni va o‘zgacha fikrda bo‘lganlarni yo‘q qilishdi. Yuzlab kitoblar yozildi, minglab qoidalar va cheklovlar ishlab chiqildi.
Ular protestant qavmidan bo‘lgan, “Mikve” tahoratini olmaydigan, o‘liklar uchun ibodat qilmaydigan va liturgiyani tan olmaydigan har bir kishini qoraladilar.
Va 2000 yil ichida hech narsa o‘zgarmadi. Biz tillarni o‘rgandik, telefondan foydalandik, aqlli cho‘pstiklar ishlab chiqdik, lekin biz Iso, Krishna, Muhammad va Buddadan farqli, odam o‘ldirishda, talon-taroj qilishda, yolg‘on gapirishda va bir-birimizdan nafratlanishda davom etmoqdamiz.
Biz ko‘chalarda va metro vagonlarida janjal chiqaramiz. Bizning yuzlab dushmanlarimiz va yana shuncha do‘stlarimiz bor. Biz ovozimizni o‘zgartiramiz, bekinmachoq o‘ynaymiz. Niqoblar kiyamiz. Turqi tarovatimizni o‘zgartirib olamiz. Biz hatto nima uchun yashayotganimiz, nima uchun yeb-ichib, nafas olayotganimizni ham unutib qo‘ydik. Biz bu Zaminga faqat bitta vazifa – baxt topish uchun kelganimizni ham hatto anglamaymiz!
Bu xind faylasufi va siyosatchisi Mahatma Gandi fikrlari edi. Kanalimizga obuna bo‘ling videolarimizga layk qoldiring.