UzPoster
20 iyun 2024

Maxatma Gandi: Biz bu Zamingga nima uchun kelganimizni unutdik!

Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. Ular Turkiyada xotini va ikki qizini o‘ldirib, o‘liklarini nimtalab muzxonada saqlagan qotilni oqlashadi. 

Shar'iy nikoh niqobi ostida o‘nlab voyaga yetmagan qizlarning nomusini buzgan Ramzanni himoya qilishadi. Pedofil jinoyatchini oqlash uchun ularda diniy argumentlar hamisha yetarli, ya'ni «payg‘ambarimiz ham 9 yoshlik qizga uylangan», «Sulaymon podshoning ham yuzlab kanizaklari bo‘lgan» va hokazo.

Bugun juma, agar rassom Tuz va uning inisi Matchon Suqulish ta'tilga chiqmaganida edi, bu haqda albatta bir achchiq ma'ruza qilgan bo‘lardi. Biz esa bugungi va'z o‘rnida mashhur faylasuf Maxatma Gandining quyidagi satrlarini o‘qish bilan chegaralanamiz.  

“Tangrining dini yo‘q… Tag‘in Yaratganning qonunlari, besh ustuni va qanday rangli kiyimni kiyish kiymaslik joizligi haqidagi qoidalari ham yo‘q. Najotkor oldida olma yeymizmi, sut va go‘shtni turli o‘choqlarda pishiramizmi yoki Ramazonda kunduzi ovqatlanamizmi, unga baribir. U sizdan namoz o‘qish, sunnat yoki dunyo azob-uqubatlarga asoslanganiga ishonishingizni talab ham qilmaydi. U bizning ikki haftalik ro‘zamiz, ozib to‘zigan turqimiz va o‘liklarga qayg‘u belgisi sifatida yuragimizni yaralashimizga ham muhtoj emas. Bularning barchasini odamlarning o‘zi o‘ylab topgan:

Ular o‘z xudolarini loydan yasadilar, sanamlarini chizdilar va marmar toshlariga o‘ydilar. Asrlar osha ular din yo‘lida urushlar olib borishdi, mallasoch ayollarni va o‘zgacha fikrda bo‘lganlarni yo‘q qilishdi. Yuzlab kitoblar yozildi, minglab qoidalar va cheklovlar ishlab chiqildi. 

Ular protestant qavmidan bo‘lgan, “Mikve” tahoratini olmaydigan, o‘liklar uchun ibodat qilmaydigan va liturgiyani tan olmaydigan har bir kishini qoraladilar. 

Va 2000 yil ichida hech narsa o‘zgarmadi. Biz tillarni o‘rgandik, telefondan foydalandik, aqlli cho‘pstiklar ishlab chiqdik, lekin biz Iso, Krishna, Muhammad va Buddadan farqli, odam o‘ldirishda, talon-taroj qilishda, yolg‘on gapirishda va bir-birimizdan nafratlanishda davom etmoqdamiz. 

Biz ko‘chalarda va metro vagonlarida janjal chiqaramiz. Bizning yuzlab dushmanlarimiz va yana shuncha do‘stlarimiz bor. Biz ovozimizni o‘zgartiramiz,  bekinmachoq o‘ynaymiz. Niqoblar kiyamiz. Turqi tarovatimizni o‘zgartirib olamiz. Biz hatto nima uchun yashayotganimiz, nima uchun yeb-ichib, nafas olayotganimizni ham unutib qo‘ydik. Biz bu Zaminga faqat bitta vazifa – baxt topish uchun kelganimizni ham hatto anglamaymiz!

Bu xind faylasufi va siyosatchisi Mahatma Gandi fikrlari edi. Kanalimizga obuna bo‘ling videolarimizga layk qoldiring.

Qudrat Bobojon - Eltuz nashri muharriri
Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2017
20 sentyabr kuni Rossiya Havfsizlik Kengashi (SB) kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keldi va O‘zbekiston Havfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov ...
19 aprel 2016
«Huquq» gazetasi qo‘shni davlatlarga kelin bo‘lib tushib, bugun chegaradan o‘tishdagi qiyinchiliklar bois yurtidagi qarindosh-urug‘lari bilan bordi-keldi qilish muammosiga duch ...
26 fevral 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Xorazmning ...
31 avgust 2016
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan pensionerlarga pensiya pullarini berish uchun maktab direktorlariga “Agrobank»ka 100 ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...