Farg‘ona olov ichida! – RTdan va'z
Mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman. Butun dunyoda bayram kayfiyati.
MS: O‘zbekistonda asa zaprapka, avtobuslo yonib go‘yib yotibdi. Nichiksizla xo‘jik brri mo‘chchi oybikala.
Hukumat Farg‘ona fojeasida o‘lganlar sonini nega yashiryapti?
MS: Abdulla Nig‘mato‘vich siz uchun odamloni qadri yo‘qmi?
Gap 17 dekabr kuni Farg‘ona shahri yonilg‘i quyish shohobchasidagi dahshatli po‘rtillashda nechta odam o‘lgani haqida.
Viloyat MChS bitta dedi, bir kun o‘tib IIB uchta dedi. Sal o‘tib to‘rtta dedi.
Nechta o‘ldi? Nega qo‘rqasizlar? Yeb qo‘ygan joyingiz bormi?
MS: Man gaplashgan voqea guvohlari 20 odam o‘ldi deb yig‘lab gapirdila.
O‘zbekistondagi mahalliy nashr «Qalampir» ham, guvohlar so‘ziga tayanib, 20 ga yaqin odam o‘lganini yozdi.
“Qarindoshim 33 yoshlar atrofida edi. Benzin quyish uchun yonilg‘i shoxobchasiga borgan. U bilan 2 ta farzandi va 1 ta 18 yashar jiyani bor edi. Portlash sodir bo‘lganida 18 yashar jiyani voqea joyida o‘lgan. 3 va 4 yashar 2 ta o‘g‘il farzandlari va o‘zining joni shifoxonaga kelganda uzildi”, – deydi farg‘onaliklardan biri.
O‘z ko‘zi bilan voqeani ko‘rgan guvohga ko‘ra, «zapravkaning ichida bo‘lgan 8 ta mashina yonib ketgan va avtomobillarining ichida odam bo‘lgan»
“Men yonilg‘i quyish shoxobchasi yaqinida ishlayman. O‘z ko‘zim bilan ichkarida 8 ta avtomobil yonib kul bo‘lgani, portlash vaqtida shu ko‘chadan o‘tib ketayotgan 1 ta avtomobil ichidagi odamlari bilan yonib ketganini ko‘rdim. Men ishlagan joyga kelgan Ichki ishlar xodimi bexosdan gap orasida 20 ga yaqin odam halok bo‘lganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, propan saqlanadigan idishning shlanki yaxlab qolgan. Ana shu shlangni eritishdagi ehtiyotsizlik oqibatida propan chiqib ketgan”.
Uning aytishicha, jarohatlanganlarning ko‘pi voqea sodir bo‘lgan joydan bir chorraha yuqorida joylashgan viloyat Tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Kasalxonadagilarning aytishicha, jarohatlangan va halok bo‘lganlar soni shifoxonaning xodimlaridan ham berkitilyapti.
Qalampir nashri shifokorlarning og‘zi «mahkamlandi» deb yozdi.
Kim mahkamladi bu duxtirlarning og‘zini? Qanday va nega?
Mana javob:
“Bizning shifoxonamizda bir nechta shifokor, hamshira va «sanitarka»lar ishlaydi. Lekin portlashdan keyin olib kelinganlarga hamma ham qaray olmaydi. Ular haqidagi ma'lumotni oshkor qilish ham taqiqlangan. Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, hozir 8 ta odam 80-90 foiz kuyish tashxisi bilan ozot apparatida yotibdi. 1 ta voyaga yetmagan bola va 4 ta voyaga yetgan shaxs reanimatsiya bo‘limida qolmoqda. Jarohatlanganlarning aniq soni yo‘q, lekin ular juda ko‘p”, deydi shifoxona xodimi.
Zaprapka yonidagi «Ansor» kafesida tomoq ichib o‘tirgan xojaka po‘rtillashdan ontarilib komaga tushib qolgan.
Fojeani o‘rganish uchun hukumat komisiyasi tuzilmagan. 18 dekabr kuni mamlakatdagi boshliq zotini hammasi bitta dori klasterga lagan qoqish bilan band edi.
Byaxda odamlar o‘ldi. Farg‘onada fojea. Urush ketayotgan Ukrainada ham bitta bo‘mba tushsa ikki odam o‘lyapti.
Urush bo‘lmayotgan O‘zbekistonda esa zaprapka po‘rtillasayam 20 odam aspilasopinga ketadi.
MS: Shunchalli qodri yo‘qmi odomlani? Xolq boshqa, saroyladagi bola-chog‘asi, giyav qoynonalari bilan hazzatishmadayi boshliqlo boshqami? Bila nafaqat o‘zi, balki urug‘ aymoq, tuxumi tajjini duvaqini oltinnon qilg‘on xalqinnan hazar atadi?
RT: Nega empatiya yo‘q bu hukumatda?
MS: Qorsildop uchib gursildap singiy. Novvi davadi Navoiy brat
Jizzaxni o‘z tomorqasiga aylantirgan viloyat hokimi ishdan haydaldi
18 dekabr kungi yig‘ilishda prezident savollariga javob topa olmay yer chizgan Ergash Soliev o‘sha majlisning o‘zidayoq ishdan bo‘shatilib guvohnomasi olib qo‘yildi.
Uni yaqindan bilganlar “korruptsioner¸ qariindoshlari bilan Jizzaxni ajriq o‘ti kabi qoplagan nepotist, maishiy buzuq va poraxo‘r.” deya tariflashdi. Manbaga ko‘ra Jizzaxda foxishaxonalar tarmog‘iga akaxonlik qilib cho‘tal olishdan ham uyalmaydigan odam bo‘lgan janob Soliev.
Manfatlar to‘qnashuviga qaramay Ergash Solievning o‘g‘li Elbek Soliev qurilish biznesi va viliyatga ajratilgan buyurtma va pullar taqsimoti bilan shug‘ullangan. Qizi Nargiza ham viloyat byudjetini kanaday so‘rib, gul biznesi fortochkasi orqali katta summalrni uxlatgan.
Bundan to‘rt oldin Jizzaxda ko‘p qavatli bino qulaganida aslida Solievning o‘zi qamalishi kerak edi, ammo uning o‘rniga hokim muovini 7,5 yilga qamaldi.
Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov va uning sheriklari qamaldi, ammo “Men Mirziyoev bilan oldin birga ishlaganman” deb bosim qilgani ortidan Soliev qamalmay qoluvdi.
MS: Xorop bo‘lg‘oy bu pl kavopi. Qizilni go‘rsa xizr yo‘ldon chiqibdi.
RT: Namanganni Las Vegasga aylantiray deb maktabda qimorxona tashkil qilgan Chortoqlik maktab direktori ishdan haydaldi.
Pskentda itotarlar qora rangli itlarni otib tashlashdi. Xadisga ko‘ra, qora itning ichida shayton yasharkan.
MS: Itni qora bo‘lib do‘g‘ilg‘onina kim ayibdor, vunnan suramog‘onlaqu qora yo oq bo‘lib do‘g‘iilosanmi deb.
Yunusobodda avtobus lovullab yondi. Svetsiz Toshkentning zim-ziyo osmonini yonayotgan avtobus yoritdi. Ulug‘norda yuk mashinasi yonib ketdi.
MS: Ibi boxtim tirdin qoro
Toshkent metrosida yosh qizni emchagini ezg‘ilagan rijol besh sutkaga qamaldi.
MS: Ha damaka haji yo‘q, bo‘ damaka bo‘ji…
RT: Qarshida bir oiladan to‘rt kishi is gazidan o‘ldi. Ko‘mir soldi. Uxladi va tarashaday qotdi qoldi.
MS: Navchun vunnin bo‘lib duripti?
RT: Fizika va Ximiya o‘rniga xujrada cho‘pchak eshitgan xalq yaqinda qirilib kamayib ketadi.
Uyga mo‘ri qo‘yib ventilatsiya o‘rnatish o‘rniga palon pulga ravot qurib, pistiyon pulni umrachi aprs mullalarga beradigan joxillarga achinmayman.
Lekin bu joxillarning is gazidan o‘lib go‘rga kirayotgan bola baqrasiga achinaman.
Uylarni tekshirmay, ko‘chaning o‘zida bir ikki so‘m evaziga «tekshirildi» deb yozib beradigan pojar inspektorlarining boshiga tosh tushib o‘lsin.
Asaka tumani “Uchtosh” MFYda yashovchisi 44 yashar xotin va uning 45 yashar eri na mo‘ri va na ventilatsiyasi bor uyida moshenniklar yasagan qo‘lbola pechkaga ko‘mir solib uxlashdi va o‘lib tarashaday qotishdi.
Bu birinchi ham oxirgi ham emas.
Dunyoda o‘tin, ko‘mir yoqadigan joy Asakadan ham boshqa yurtlarda bor. Bu uylardagi burjuyka cho‘yan pechka yoki kamin o‘choqlar mo‘risidagi «tyaga» (tutun tortish) qattiq tekshiriladi. Bundan tashqari is gazi chiqishi bilan chiyillaydigan datchiklar uyda bo‘lishi kerak.
Bunday datchik nari borsa ikki dollar turadi va batareyada ishlaydi.
Albata asakalikning mo‘risi tozalanib ventilatsiya ishlaydigan uyga datchik qo‘ysa asakasi ketadi.
Jingl
Nimao‘ldi?
Uchko‘priklik Sherpajon aytganday «Nimao‘ldi»
Bir kundi ichida ashincha gap.
O‘rusiyatda besh o‘zbek MAZ yuk moshinning tagida majaqlanib o‘ldi.
Qiymaga aylangan murdalalardan Eshmat kim Toshmat kim ajratib bo‘mayapti.
Bu o‘zbeklar tirikchilik yo‘lida ketyotgandi.
Parxonada zaprapka po‘rtillab yana ashiincha odam yonib kul bo‘ldi.
Bu zaprapkani ham egasi tirikchilik qilay deb ochgandi. Endi ashi tirikchiligining tagi olmasin deb o‘lganlar sonini ko‘ti bilan bekitib o‘tiribdi.
Toshobldagi zooparkda och arslonlar qorovulni yeb yutdi.
Qo‘qon pedinstitutning jonidan to‘ygan ikkinchi kurs studenkasi o‘zini uchinchi etajdan yerga tashadi.
Joni qattig‘ ekan o‘lmadi. Umurtqasi sinib¸ boshi yorilib bannisada «ana ketdi, mana ketdi» bo‘lib yotibdi.
Biz «seniki, meniki» deb yoshullini no‘llashtirganda bundaychikin hayot bo‘ladi deb orzu qilmagan edikku.
Nahotki bizni farovon hayot, o‘chmaydigan gaz, svet, aql idrok va jasorat hamisha aylanib o‘taveradi.
MS: Bizaram odammizqu inson parzanti. Bizanam ana do‘g‘g‘on. Yo‘rinjo otizdon topib olmog‘onloqu.
RT: Nahotki 37 milllion axolini tug‘ilganida kallasini eshik qisib ashnaqao‘p qog‘an? Nega yurtdan ashag‘ga ketganlar takkooy zo‘r bo‘lib, jit qib yotibduyu, mashag‘dagilarning tashag‘i chig‘ib ketayapdi.
Nimao‘ldi?
MS: Og‘o novvi bo‘lso bo‘lor. Uring potyani!
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!