chorshanba,
18 dekabr 2024
14 avgust 2018
Chegaradagi tunneldan o‘tayotgan kelinlar
Bugun eltuz.com satirasida rassom Tuz qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi yashirin tunneldan o‘tishga majbur bo‘layotgan kelinlar muammosini aks ettiradi.
Ota-onasini ko‘rish uchun qo‘shni mamlakatga o‘tgan kelinlarga oilalariga qovushish uchun 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tish shart qilib qo‘yilmoqda.
Ayni paytda Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanidagi Qirg‘izqishloqdan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq tumani Bo‘rbaliq qishlog‘iga olib o‘tadigan yashirin yer osti yo‘li topildi.
O‘zbek tarafi bu yo‘ldan ekstremistlar o‘tganini iddao qilmoqda. Aslida bu tunnel kelinlar uchun visolning yaqin yo‘li bo‘lgani aytiladi.
Rassom Tuz
2016 yil 5 aprel
Eltuz.com