Catira
10 avgust 2018

Murod Nazarov: Biz 66 ta o‘rniga 40 daraxtni kesdik

Ozodlik radiosining maqolasiga javoban, 20 fevral kuni “Murad Building” shirkati rahbari, 35 yoshli Murod Nazarov o‘zining feysbukdagi sahifasida bayonot chop qildi.

Bunga ko‘ra, uning shirkati Toshkent shahrining Chilonzor mavzesida Priority Standart” MChJ deya nomlangan tag‘in bir shirkat bilan hamkorlikda qurilishlarni amalga oshirmoqda. «Shu qurilishlar munosabati bilan 40 daraxt kesilgan, Tabiatni asrash qo‘mitasidan 182 daraxtning 66 tasini kesishga ruhsat olingan ».

Shunday qilib, bugungi kunda Toshkentda daraxt chopayotgan shirkatlardan har holda ikkitasining nomi ma'lum bo‘ldi. Biroq asosiy muammo shahar aholisini yoz jaziramasidan asrovchi bu daraxtlarni kesishga ruxsat bergan Toshkent hokimligi va Tabiatni asrash qo‘mitasiga tegishlidir.

Murod Nazarov o‘zini mamlakatning ishonchli vatanparvari ekani, «faqat farovonlik va baxt yaratuvchisi» ekanini ta'kidlaydi va «har bir kesilgan daraxt uchun ko‘p miqdorda tovon to‘lash»ni va'da qiladi. Shunga qaramasdan, «omadli biznesmen» eng asosiy savolga javob bermaydi. Nima uchun uning shirkati shahar uchun zarur daraxtlarni yo‘q qilib, aynan ko‘p yillik chinorlar o‘sayotgan yerda qurilish boshlashga qaror berdi?

Turar joy qurililishida hech bir yomonlik ko‘rmayotgani haqida izoh qoldirgan sobiq amaldor Sherzod Qudratxo‘jaev esa chinorlarni kesish mavzusidan chetga chiqib, «ayrim saytlar»ning buyurtma bajarayotgani va ob'ektivlikdan yiroq ekanidan yozg‘iradi.

Bu gaplarni uning vijdoniga havola qilib, jamoatchilik fikri butun mamlakatni qamrayotgan, ommaviy daraxt kesish epidemiyasini to‘xtatishga yordam berishidan umidvor bo‘lib qolamiz.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Toshkent shahri, 22 fevral 2016 yil
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 dekabr 2017
24 dekabr – yakshanba kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylov xalqning bunday tadbirga umuman ishonchi ...
11 sentyabr 2019
Toshkentda 10 sentyabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida respublika fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov mamlakatda go‘sht qimmatlayotgani sababini go‘shtning ko‘p ...
22 yanvar 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonda) «Xolli qabristonni o‘ychan qiyofada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, ...
29 mart 2018
Farg‘onada eshaklar ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish qilingan, hali aybi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...