O‘zbek va Xitoy rasmiylari uchrashdi
Tadbirda terrorizm, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi o‘rtasida 2016-2017 yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida Protokol imzolandi.
O‘zbekiston Xitoy talabiga ko‘ra¸ mintaqadagi uyg‘ur faollarini taq'ib qilib keladi.
Bunga misol qilib O‘zbekiston hukumati 2006 yilda uyg‘ur faoli Husaynjon Jalilning Xitoy rasmiylariga topshirganligini aytish mumkin.
O‘zbekiston rasmiylari tomonidan Xitoyga topshirilgan Kanada fuqarosi Husaynjon Jalil ayirmachilik va terrorchilik bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Rassom Tuz
Eltuz.com