«Bolamni sotib erimga mashina oberaman»
“Huquq” nashrining yozishicha, besh farzandning onasi Xolida Zaripova, Sharifjon Burxonov shaxs bilan shar'iy nikoh asosida yashab kelgan. U oltinchi farzandga homilador bo‘lgach,singlisi bilan maslahatlashib, bolani sotishga qaror qilgan.
Shu maqsadda opa-singillar Farg‘ona tug‘ruqxonasi boshlig‘i Zubayda Ahrorovadan bolani sotib berishni so‘ragan. Shifokor ayol yaqinda tug‘ilgan bolasi o‘lib qolgan Odina Madaminovani “xaridor”likka ko‘ndirgan. Rejaga muvofiq, bolaning onasi 1800 dollar, o‘rtadagi “dallol” Ahrorova esa 400 dollar olishi kerak edi. Ammo jinoyatchilar qo‘lga olingan va tegishli jazoga tortilgan. Bu O‘zbekistondagi bola sotish bilan bog‘liq ilk shunday hol emas.
Ayni paytda Afg‘onistonning Maymana viloyatidagi o‘zbeklar ham bolasini sotib kam ko‘stiga yaratayottgani haqidagi habarlar Kabul matbuoti sarlavhalaridan o‘rin oldi.
Eltuz.com