Catira
23 aprel 2016

Puling bor ekanu, yaramas tirrancha!

Kun karikaturasida bugun Eltuz.com, rassom Elsevar qalamiga mansub, avtobus chiptachisi tomonidan qulog‘i cho‘zilayotgan bolakay suratini taqdim etadi.

Dunyoning turli mamlakatlari eng himoyaga muhtoj ijtimoiy qatlam sanalgan bolalar huquqi uchun qayg‘urar, jamoat transportlari ular uchun bepul qilib qo‘yilarkan, o‘zbeklar bolajon xalq degan atamadan ancha yiroqday ko‘rinadi.

O‘zbekistonda bolalar o‘z ota onalari uchun yangi o‘lponlar manbai bo‘lib qolmoqda – ularni deb majburiy paxta terimiga chiqish, maktab ta'miri, metallom, makulatura, guldasta uchun pul berishlari yetmaganday, o‘zbek bolalari jamoat transportlarida kattalar kabi pul to‘lashlari lozim, albatta ota onalari cho‘ntagidan.

Bolalarga nisbatan ba'zan o‘qituvchi, maktab direktori, qishloq tabelchisi, mahalla posboni, avtobus chiptachisi, ba'zan esa ota onalarining o‘zlari zo‘rlik ishlatishi ham oddiy hol.

Biroq, o‘zbeklar bolalarning ham o‘z huquqlari borligini chet ellarga chiqqanlarida sezishadi. O‘z farzandini urgani uchun Turkiyada qamoq jazosiga hukm qilingan o‘zbek ayoli kabi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2024
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi»ning «Toshkent suv qurilish invest» davlat muassasasi hech ...
4 noyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Abdulaziz Karimning yangi “G‘arib og‘och” ashulasini tinglarkan qandaydir kayfiyat meni hech tark etmadi, na qo‘lim ishga ...
1 aprel 2015
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekiston mustaqilligi arafasida mamlakat aholisi prezident siyosatini to‘liq qo‘llab quvvatlashini bildirdi, balki yetar… ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...