Eski o‘zbek pasportingiz bilan faqat uchar gilamda uching!
2016 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya hududidan chiqish faqat O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti bo‘lgan taqdirdagina ijozat beriladi. Bu haqda haqda 12 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ma'lum qildi.
Xabarda keltirilishicha, Rossiya Federatsiyasi chegara xizmati eski namunadagi pasporti bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga aeroportlar, dengiz portlari, shuningdek, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali chegaradan o‘tishga ijozat bermaydi.
Agarda O‘zbekiston fuqarosi eski namunadagi pasport bilan Rossiya chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lsa, u reysdan chiqarib yuboriladi va moddiy jarimaga tortiladi.
Milliy aviakompaniya yo‘lovchilarni Rossiya Federatsiyasi hududida aviachiptalar xarid qilishda faqat biometrik pasport mavjud bo‘lgandagina amalga oshirish bo‘yicha ogohlantirdi.
Eski namunadagi pasportga ega fuqarolar esa O‘zbekistonga qaytish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidan maxsus qaytish sertifikatini olishlari lozim.
Rassom Tuz
Eltuz.com