IShID rasmiy Toshkentning muxolifimi?
O‘zbekistondagi ayni tendentsiyani bugun Eltuz.com nashri rassom Tuz qalamiga mansub navbatdagi kariakatura orqali aks ettiradi.
Gazetada ismi oshkor etilmagan yigit 1991 yili Toshkentda ishchi oilasida tug‘ilgan. Poytaxtdagi korxonalardan birida oddiy ishchi bo‘lib ishlagan.
Toshkentda chiqadigan «Postda» nashriga ko‘ra, u 2013 yilda pul ishlab kelish maqsadida Turkiyaga borgan va o‘sha yerda IShID tuzog‘iga tushgan.
Janglardan birida yaralanib, shifoxonaga tushgan yigit Suriyadan Turkiyaga qochib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zbekistonga qaytganda esa qo‘lga olingan. Qayd etilishicha, IShID safida jang qilgan yigit aybiga butunlay iqror bo‘lib, tergov bilan hamkorlik qilgan.
Gazetaning ogohlantirishiga ko‘ra, terrorchilar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda ijtimoiy tarmoqlardan, shu jumladan, o‘zbek tilidagi tashviqotlardan keng foydalanmoqda.
O‘tan yili Shayxontohur tumanidagi “Ganga” savdo majmuasi yonidan o‘tadigan Sebzor ko‘chasida IShID bayrog‘i osib ketilgani bilan bog‘liq mish-mishlar tarqagan edi.
Avvalroq Yunusobod tumanidagi ko‘prikka islomiy deb tushunilayotgan qora bayroq osib ketilgan edi.
Rassom Tuz
Eltuz.com