Catira
8 iyul 2016

«Tarix suvog‘i»ni ko‘chirish

Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosini ta'mirlash bahonasida vayron qiliniyotgani ijtimoiy tarmoqda baxslarga sabab bo‘lmoqda.

«Devor fasadlarini yangilash uchun pardoz suvoqlarini ko‘chirib tashlanayotgani haqiqat. Agar uyimizni ham ta'mirlamoqchi bo‘lsak, insof bilan aytganda shunday qilmaymizmi?!..» deya yozadi feysbuk yuzeri Nodirbek Majidov bu haqdagi maqolaga o‘z izohida.

«Suvoq ko‘chirish» bahona yahlit tarixiy me'moriy majmuaning uzviy qismi bo‘lgan koshinlar, mashhur haykaltaroshlar yaratgan mahobatli haykallar vahshiylarcha yo‘q qilindi.
O‘tgan qisqa davrda ular o‘nlab tarixiy haykallar va madaniy qiymatga ega bo‘lgan binolarni yo‘q qilishdi, jumladan ToshMIning ko‘pchilik uchun qadrli bo‘lgan binosini buzib tashlandi.

«Toshkent kolizeyi» deya nom olgan, 1911 yili qurilgan kontsert zali binosi buzilib savdo birjasiga aylantirildi.

Tarixiy yodgorliklarning yo‘q qilinishi, Toshkent shahrining o‘z qiyofasini yo‘qotishi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raxbarlarining johil sukuti fonida kechmoqda.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 mart 2019
2005 yilning 20 mart kuni Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi yuz berdi. Parlament saylovidan norozi bo‘lgan muxolifatchilar dastlab o‘zbeklar zich yashaydigan ...
8 may 2017
Ijtimoiy tarmoqda kartoshka savdosi bilan bog‘liq janjal va turnaqator navbatlar aks etgan tasvirlar bot-bot paydo bo‘la boshladi. O‘zbekistonda eng ...
12 aprel 2018
PosterUz
8 oktyabr 2021
Bu 20-asrning eng buyuk o‘zbek shoiri Muxammad Solih yozgan she'rdan iqtibos edi. Bir vaqtlar Gdlyan «O‘zbeklar o‘g‘ri» deganda, O‘zbekistondagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...