Catira
12 iyul 2016

Bosh vazir SES xodimlarini bo‘q yig‘ishga buyurdi

Farg‘onada odamlar SES xodimlarining hojatxona va molxonalarni tozaligi baxona aholidan go‘ng talab qilishayotganidan norozi. Ular buni go‘ngdan uylarnni isitish uchun tappi tayyorlashlari bilan izohlashadi.

Bu haqda xabar bergan Ozodlik radiosiga ko‘ra, chiroyli ish kiyimidagi shifokor va hamshiralar mahalla posbonlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, odamlardan kamida ikki qopdan go‘ng berishni iltimos qilishmoqda.

“Nahotki Bosh vazirning kuni aholi tezagiga qolgan bo‘lsa, do‘xtirlarning go‘ng tilanib yurishi juda achinarli ko‘rinar ekan» deydi voqea guvohlaridan biri.

Rasmiylarga ko‘ra, Bosh vazir Mirziyoev topshirig‘iga ko‘ra, har ikki do‘xtir yoki hamshiraga bittadan mahalla posboni birkitilgan bu haqda viloyat hokimining qarori bor.

Ushbu hujjatga asosan, SES xodimlari aholi molxona va hojatxonalari dezinfektsiyasini amalga oshirishlari, olingan axlatni esa fuqarolar yig‘iniga yetkazib berishlari lozim.

Eltuz.com ayni holatni rassom Kirpi chizgan hajviy surat orqali taqdim etadi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 aprel 2017
9 aprel kuni ertalabdan, odamlar oqimi Drottningatan markaziga intila boshladi. U yerda yuz bergan terror hujumiga qarshi motam mitingi ...
20 yanvar 2021
Shariat taqiqlagani bois qo‘shiqchilikni tark qilgan Jahongir Otajonov joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini ma'lum ...
29 may 2019
Toshkentlik qo‘shiqchi Abdulla Qurbonovning Umra safari paytida xorazmlik qo‘shiqchi Jahongir Otajonov sha'niga yog‘dirgan haqoratlari aks etgan audio 27 may ...
1 dekabr 2016
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda. Eng qizig‘i bu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...