chorshanba,
13 noyabr 2024
14 iyul 2016
«Olam guliston – uxlang!»
Bugun rassom Elsevar Eltuz.som nashri orqali O‘zbekistonda kashpirovskiy zamonlaridan beri davom etib kelayotgan ritual, odamlarni televizor orqali uxlatish an'anasi aks etgan yangi karikaturasini taqdim qiladi.
«Atrof chamanzor, olam guliston, hammasi yaxshi, uxlang, uxlang…», – deydi o‘zbekning virtual reallikka yetaklovchi televizori.
«Osmonimiz musaffo, yurtimizni ko‘ra olmaganlar…» deya davom etadi gipnoz uyqusidagi teletomoshabin…
Ommaviy gipnoz ortida esa mamlakatni qamrayotgan nohaqliklar, jaholat, avj olayotgan korruptsiya, majburiy mehnat, kleptokratiya, o‘tmaslashayotgan zehniyat…
Rassom Elsevar
Yeltuz.com