Video
10 may 2016

Ro‘ziqulov navbatdagi «gunoh echkisi» (video)

Hafta boshida Eltuz.com Rossiya uchun chiqarilgan mashinalarni jamloqlarda saqlab qayta O‘zbekistonda sotilishiga oid jinoiy sxema fosh etilib, shirkat bosh direktori Toxirjon Jalilovning qamalgani haqida yozgan edi.

Bundan tashqari Ozodlik radiosi Jalilov bilan birga tag‘in o‘n nafar shaxs qamalganiga oid xabarni berdi.

Lekin bosh vazir o‘rinbosari Ro‘ziqulovning iste'fosi haqida xabarlar bir-biriga qarama qarshi bo‘ldi.

Masalan avvaliga Eltuz som, uning ishdan chetlatilgani haqida yozgan bo‘lsa, bu iddaoni dastlab aksariyat ikkilamchi manbalar tasdiqlamadi.

“Har xolda o‘tgan juma Ro‘ziqulov iste'fo berish haqida ariza yozdi” deya ta'kidlagandi Eltuz.com manbasi, 1-may kuni.

Biroq uning hibsga olingani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q, Ro‘ziqulov nomi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida hamon xukumat internet sahifasida turibdi.

So‘nggi xabarimizga ko‘ra esa, bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi, Ulug‘bek Ro‘ziqulov mamlakatdan chiqib ketish payti MXX xodimlari tarafidan aeroportda to‘xtatilib izolyatsiya qilingan.

Faqat bir manba aytayotgan bu “voqea” 7 may kuni peshindan keyin ro‘y bergan.

Manbaning tag‘in aytishicha, Ro‘ziqulov GM-Uzbekistanga oid kriminal sxema bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Manbaning tag‘in bildirishicha, boshqaruv elitasidagi aksar mulozimlardan farqli “uch xonali kvartirada namoyishkorona kamtar” istiqomat qiladigan va “o‘ta extiyotkor” Ro‘ziqulovni “maydondan supurib tashlash” uchun informatsion mujodala boshlangan.

Bu masala 26 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuvi paytida ham kun tartibining matbuotga ochiqlanmagan qismida bo‘lgan.

Boshqa bir iddaoga ko‘ra, Jalilovning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish sohasiga oid kompromatlar O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimovga qarshi guruhning ishidir.

Azimov muhtamal voris, ya'ni O‘zbekistonning “ertangi prezidenti” bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan unga qarshi axborot urushi nishonalari ko‘rina boshlagan.

Rustam Azimov esa o‘ziga qaratilgan hujum strelkasini Bosh vazir o‘rinbosari Ro‘ziqulovga qarshi yo‘naltirdi, degan hulosaga kelish mumkin.

Ayni kunlarda JM Uzbekistan ishchilari oyliksiz qolishayotganidan tashvishga tushishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2023
RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizlar jollimisizlar mo‘chchi bika ham xo‘jik birrilar Bormisiz, ...
25 may 2017
20 may kuni O‘zbekiston telekanalining Tahlilnoma dasturida sovet davri afsonasiga aylantirilgan ayol – Tursunoy Ohunova hayotiga bag‘ishlangan lavhani nimoyish ...
20 aprel 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
2 noyabr 2021
2016 yildan buyon minglab odam ozod qilinganiga qaramay, O‘zbekistonda yana ikki mingga yaqin kishi siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...