Catira
21 iyul 2016

Toshkent viloyatliklar uchun yopiq shaharga aylanmoqda

Ayni holatni o‘z karikaturasi orqali hajv qilishga intilgan rassom Elsevar, yonida pasporti yoki propiskasi bo‘lmaganlar militsiya nishoniga aylanganiga e'tiborni qaratadi.

Ular bir necha kunlab Toshkentning sassiq hibsxonasida qolib ketishlari, muttasil jarimalar to‘lashlari mumkin. Ayni paytda vaqtinchalik propiskasi bo‘la turib ham, tekshirilgan payti yonida pasporti bo‘lmagani uchun hibsda 22 kun qolib ketgan 21 yashar abiturient yigitning: «Toshkentni pullik qilib qo‘ying!» degan gaplari bugun og‘izdan-og‘izga ko‘chmoqda.

«O‘zbekiston fuqarolarini o‘z yurtida xo‘rlayotgan militsionerlarning asosiy dardi jarima yig‘ish», deydi surxondaryolik Davron Ozodlikka bergan intervyusida.

U so‘nggi ikki uch oy ichida 3 bor IIV xodimlari tomonidan to‘xtatilgani va 1 million so‘mdan ortiq jarima to‘laganini bildirgan.

Toshkent propiskasi bo‘lmaganlarga 400 ming so‘m jarima belgilangan.

ShHT sammiti arafasida Toshkent shahrida pasport rejimi kuchaytirilgan edi.

Shundan so‘ng viloyatdan borganlar ustidan militsiya reydi kuchaytirilib, yonida pasporti va Toshkentda vaqtinchalik qaydi bo‘lmaganlar qo‘lga olinib, «Panelniy» hibsxonasiga olib ketilayotganidan shikoyatlar ko‘paydi.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2016
Eltuz.com e'tiboringizga 16 yil Karimov rejimi mahkumi bo‘lgan o‘zbek adibi Mamadali Mahmud (Evril Turon) bilan suhbatning 3 qismini taqdim ...
20 yanvar 2017
O‘zbekiston Prezidentining 2017−2021 yil strategiyasiga oid farmoniga ko‘ra, ichki va xorijga chiqish pasportlarini joriy qilish va xorijga chiqish uchun ...
14 sentyabr 2018
O‘zbek milliy televideniesida o‘zgarish yasagan 64 yashar jurnalist Dadaxon Yoqubov 14 sentyabr kuni «Ish beruvchilar uchun ariza»si bilan muxlislarini ...
17 avgust 2017
Matluba Azamatova 1965 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutida tahsil olgan. Britaniyaning IWPR instituti va Bi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...