Catira
20 sentyabr 2016

MTS tuxumidan chiqqan poraxo‘r Oripov amaliga qaytarildi

Xalqaro korruptsiyada ayblanib ishdan ketgan hukumat mulozimi Abdulla Oripovning qayta lavozimiga qaytarilganini rassom Adolat Eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi suratida hokimiyat qanoti ostida tuxumdan chiqqan jo‘ja shaklida aks ettiradi.

Telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiya janjali ortidan 2012 yili ishdan olingan, ungacha O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdulla Aripovni vaqtli prezident Shavkat Mirziyoev shu yilning 13 sentyabr kuni lavozimiga qayta tikladi.

Yangi farmonga ko‘ra, Abdulla Nig‘matovich Oripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Bu ish ortidan 2012 yilda Aripov ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan Uzmetronom internet nashri, shuningdek Abdulla Oripovga, “O‘zdunrobita” shirkatiga qo‘shimcha retranslyatorlar o‘rnatish uchun noqonuniy ruxsatnomalar berish aybi ham qo‘yilgani ham bildirgan edi.

Shvetsiya prokuraturasi apellyatsiya sudiga taqdim qilgan TeliaSonera mas'ul xodimlarining o‘zaro yozishmalarida «O‘ta agressiv tip bo‘lgan Oripov rus inevestorlari tarafdoridir» deya ta'kidlanadi.

«TeliaSonera bo‘yicha tergov bilan bog‘liq jarayon Abdulla Oripov rahbar bo‘lgan davrni qamraydi. Oripovning imzosini ayni ishga oid ko‘p hujjatlarda ko‘rish mumkin», deydi Ozodlikka bergan intervyusida Shvetsiya prokuraturasi Korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler.

Tahlilchilar, yirik poraxo‘rlik janjalida ayblangan mulozimning yana hukumatga qaytarilishini «yomon bir mujda» deya baholashmoqda.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ...
5 fevral 2020
«– Begjonov, men sizga aytdim, u qizingiz ekstremist! U Amerikani maqtab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt ustidan kulgan! O‘rtancha va ...
24 may 2017
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri qarori bilan 24 may kuni Azamat Haydarov «O‘zbekkontsert» davlat muassasasi direktori lavozimiga vaqtinchalik yangi rahbar ...
7 fevral 2020
Mana, yana hafta aylanib, siz bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganimdan mamnunman. Jadvalga rioya qilish va intizom yaxshi narsa.  Bir katta ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...